O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Chet tillarni o‘rganish – zamon talabi

2018-02-09 | Ta’lim

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan o’rta ta’lim muassasalarining 9-10-sinf o’quvchilari o’rtasida ingliz tilida “My motivation to study” – “Mening o’qishga bo’lgan ishtiyoqim” mavzusida respublika insholar ko’rik-tanlovi tashkil etildi.

O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O’zbekiston ingliz tili o’qituvchilari uyushmasi hamda BMTning ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo’yicha tashkiloti (YUNЕSKO) bilan o’zaro hamkorligida tashkil etilgan ko’rik-tanlov “Ta’lim, fan va madaniyat” shiori ostida o’tkazilmoqda.

Mazkur ko’rik-tanlov o’quvchi-yoshlar orasidan ilg’or, tashabbuskor, ijodkor aniqlash, shuningdek, ularning ijodiy faolligini oshirish, har tomonlama qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish orqali chet tillariga bo’lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida tashkil qilindi.

Ikki bosqich (hududiy va respublika)da tashkil qilingan tanlov ishtirokchilarning ijodiy ishlari 100 ballik tizimda baholanib, hakamlar hay’ati tomonidan baholash jarayonida insho mazmunining bayon etish ravonligi, o’quv-uslubiy va didaktik talablarga javob berishi, badiiy saviyasi va haqiqiy misollar orqali ta’sirchanlik darajasi kabi mezonlar e’tiborga olindi.

Tanlovning hududiy bosqichlarida o’quvchilar tomonidan 3200 dan ortiq insholar kelib tushgan bo’lib, insholari eng yaxshi g’oyaga ega bo’lgan 42 nafar o’quvchilar yakuniy bosqichga ishtirok etish imkoniyatiga ega bo’lishdi.

Kelib tushgan insholar g’oyasiga e’tibor qaratadigan bo’lsak, maktablarimizda tahsil olayotgan o’quvchi-yoshlar ko’proq nafaqat o’zlarining, balki yurtimizning kelajagi va ravnaqi, hozirgi kunda yaratilgan sharoitlardan imkon qadar samarali foydalanishni ularning o’qishga bo’lgan ishtiyoqida ko’rish mumkin.

“NVIVO 11” dasturi yordamida o’quvchilarning insholari ustida tadqiqot o’tkazilganda “I will, I can, study, future” kabi so’zlar eng ko’p foydalanilganligi ma’lum bo’ldi. Mazkur tadqiqotdan natijalari o’quvchi-yoshlarimiz vatanparvarligini, yurtiga bo’lgan muxabbati va fidoyiligini boshqa tillarda ham bemalol ifodalay olishini ko’rsatib turibdi.

Insholar tanlovining Respublika bosqichi g’oliblari joriy yilning 8-9 fevral kunlari aniqlanadi.

Поделиться