O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Qishloq qurilish bank” yangi xizmat ko‘rsatish belgisiga ega bo‘ldi

2018-02-09 | Iqtisodiyot

Aksiyadorlik tijorat “Qishloq qurilish bank” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30 martdagi qaroriga asosan OATB “G‘allabank” negizida tashkil etilgan. Qarorga ko‘ra, uy-joy-kommunal, ijtimoiy soha va qishloq aholi punktlarini obodonlashtirish borasidagi ehtiyojlarni amalga oshirishda aholi hamda yuridik shaxslarga kredit berish va bank xizmati ko‘rsatish, qishloq joylarda tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo‘yicha uy-joylar, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini qurish hamda ta’mirlashni amalga oshiradigan ixtisoslashtirilgan pudrat tashkilotlarga kredit berish va lizing xizmatlari ko‘rsatish, universal tijorat banki sifatida yuridik va jismoniy shaxslarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi boshqa kompleks bank xizmatlarini ko‘rsatish mazkur bankning asosiy vazifalari etib belgilangan.

Bugungi kunda bank tizimida 42 ta filial, 40 ta minibank va 231 ta shoxobcha orqali 837 mingdan ortiq mijozga keng ko‘lamli bank xizmatlari ko‘rsatib kelinmoqda. 2018-yilning 1-yanvar holatiga, bankning sof aktivlari 6 647,1 milliard so‘mni, bank umumiy kapitali 1 168,3 milliard so‘mni, kredit portfeli esa 5 736,4 milliard so‘mni tashkil etdi.

Bank Kengashi qaroriga muvofiq, ATB “Qishloq qurilish bank”ning yangi xizmat ko‘rsatish belgisi (logotip) tasdiqlandi. Bankning xizmat ko‘rsatish belgisida uning asosiy faoliyat yo‘nalishlari va missiyasi o‘z aksini topgan. Xususan, pul birligini yodga soladigan beshta gorizontal chiziqlar bank tomonidan qishloq rivoji uchun kiritilayotgan sarmoyalarni anglatadi. 

Bankning yangi xizmat ko‘rsatish belgisi ATB “Qishloq qurilish bank”ning zamonaviy va qulay xizmatlar ko‘lamini kengaytirish orqali O‘zbekiston bank-moliya tarmog‘ida mustahkam o‘rin egallab, moliyaviy jihatdan tobora yuksalib borayotganini ifodalaydi. 

“Qishloq qurilish bank” – farovon hayotingiz xizmatida! 

Qo‘shimcha ma’lumot uchun: 

(+99871) 150-39-93, 150-93-39, www.qqb.uz 

Поделиться