O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Oliy ta’lim muassasalarini rivojlangan xorijiy davlatlarning ta’lim sohasidagi tajribalari bilan yaqindan tanishtirish
2018-02-08 | Ta’lim
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi “Iste’dod” jamrg’armasi bilan hamkorlikda 2018 yil 7 fevral kuni Koreya Respublikasining Gachon universiteti (Gachon University) xalqaro aloqalar bo’yicha vitse prezidenti professor Dosoung Choi rahbarligidagi delegatsiya a’zolari bilan “Koreya oliy ta’lim tizimi” mavzusida videoseminar o’tkazdi.
Videoseminar ko’rinishida tashkil etilgan mazkur davra suhbatida respublikadagi barcha oliy ta’lim muassasalari prorektorlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, ta’lim sifatini nazorat qilish bo’lim boshliqlari, qayta tayyorlash va malaka oshirish markazlari rahbarlari hamda tinglovchilari masofadan ishtirok etishdi.
Davra suhbat ko’rinishida tashkillashtirilgan videoseminarda ishtirok etganlar Koreya Respublikasining oliy ta’lim tizimining rivojlanishi, erishilayotgan yutuqlari hamda tajribalari, bugungi kunda ta’lim tizimini oldida turgan vazifalar va dunyo miqyosida rivojlanish yo’nalishlari to’g’risida fikr almashdilar.
Koreyalik mutaxassislar tomonidan mamlakatimizning oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarga ijobiy fikr bildirib, tizimni yanada takomillashtirish bo’yicha tavsiya berildi.
Shu bilan birga davra suhbati ishtirokchilari o’zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, kerakli ma’lumotlarga ega bo’ldilar. Bu kabi tadbirlarni tez tez tashkil qilish bo’yicha kelishildi.