O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xitoy Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv
2018-02-07 | Siyosat
2018-yilning 7-fevral kuni Xitoy Xalq Respublikasiga rasmiy tashrif bilan kelgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Pekin shahrida Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashdi.
Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarning muhim masalalari, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 11-13-maydagi davlat tashrifi va Xitoy rahbariyati bilan muzokaralari doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi.
Suhbat chog‘ida vazirlar tomonidan “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sherikchilik” nomli Afg‘oniston bo‘yicha bo‘lajak konferensiya kun tartibiga alohida e’tibor qaratildi. Konferensiya O‘zbekiston va Afg‘onistonning qo‘shma tashabbusiga ko‘ra Toshkent shahrida o‘tkaziladi.
Muzokaralarda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.