O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Intellektual mulk agentligida korrupsiya holatlarini oldini olish va bartaraf etish masalalariga bag’ishlangan o’quv seminari bo’lib o’tdi

2018-02-06 | Jamiyat

O’zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligida korrupsiya holatlarini oldini olish va bartaraf etish masalalariga bag’ishlangan o’quv seminari tashkil etildi. O’quv seminarida Agentlik va tizimdagi O’quv markazi davlat unitar korxonasi xodimlari ishtirok etdilar.

Mazkur o’quv seminarida O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi kafedra mudiri yu.f.d., Toshev Boboqul Norqobilovich o’z ma’ruzasi bilan qatnashdi.

Ma’ruzachi tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari xususan, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o’z vaqtida aniqlash, ularga chek qo’yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish bo’yicha dolzarb masalalar, hamda bu borada O’zbekistonda mazkur yo’nalishda olib borilayotgan islohotlar ham keng yoritildi.

Shuningdek, intellektual mulk yo’nalishida korrupsiyani oldini olish bo’yicha jahon davlatlarining tajribasi xususan, qonunchilik tizimi, javobgarlik choralari va boshqa muhim masalalar aytib o’tildi.

O’zaro savol-javob va bahs-munozara shaklida o’tgan ushbu seminar yig’ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

Поделиться