O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashaylik
2018-02-06 | Jamiyat
Har qanday jinoyatchilik, shu jumladan, korrupsiya ham davlat va jamiyat rivojlanishiga to’sqinlik qiladi. Chunki korrupsiya jinoyati davlatga, qonunlarga ishonchsizlik, ularni hurmat qilmaslik ruhini vijudga keltiradi.
“Korrupsiya” so’zi lotincha “pora berib sotib olish”, “pora evaziga og’dirib olish”, “davlatga sotqinlik qilish“, sotilish” degan ma’noni anglatadi. Korrupsiyaning eng xavfli jixati shundan iboratki, bunda davlat xizmatchisi hisoblanuvchi mansabdor shaxs ma’lum haq – pora evaziga ikkinchi tomon- pora beruvchini qonunga zid bo’lgan talabini bajaradi yoki uning g’ayriqonuniy qilmishlaridan ko’z yumadi, bu esa davlat va jamiyat manfaatlariga zarar yetkazadi.
Korrupsiya — davlat funksiyasini bajarish topshirilgan xizmatchilarning o’z xizmat mavqei va egallab turgan mansabi hamda u bilan bog’liq bo’lgan obro’sidan shaxsiy boylik orttirish maqsadida yoki bir guruh shaxslarning manfaatlari yo’lida g’araz maqsadlarda foydalanishdan iborat bo’lgan xavfli hodisadir. Ushbu yuqorida ko’rsatilgan ta’riflar mazmunan bir xil, lekin shu o’rinda korrupsiya nihoyatda keng qamrovli tushuncha bo’lib, korrupsiya tushunchasini faqat poraxo’rlikkka nisbatan ishlatmasdan, ushbu tushunchani kriminalogiyada korrupsiya – davlat mansabida o’tirgan shaxslarning jinoyat olami bilan doimiy aloqasi tushuniladi. Korrupsiyaga qarshi kurashning dolzarbligi shundaki, ushbu ijtimoiy jihatdan salbiy hodisaning vijudga kelish sabablari huquqiy va kriminalogik jihatlarini o’rganish bu illatga qarshi kurash samaradorligini oshirish imkonini beradi.
“Hech shubhasiz mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurash darajasi uning amaliy samarasi ko’p jixatdan huquq- tartibot, prokuratura va sud organlari tizimining o’zida bu illatga qarshi kurash olib borilayotgani bilan bog’liqdir” degan edi O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov o’zining ma’ruzasida.
Bugungi iqtisodiy shart-sharoitlardan kelib chiqib, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari o’rtasida jinoyatchilikni oldini olish uchun, avvalo kadrlar bilan ishlash takomilashtirilishi lozim, ya’ni xizmatga olinayotgan shaxslarning o’z xizmat vazifasidan boylik orttirish maqsadida foydalanmasliklari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining asosiy vazifasi jinoyatchilikka qarshi kurashish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishga qaratilganligini har bir ishga kirayotgan yoshlarga tushuntirilishi kerak.
Bugungi kunda Bojxona organlari shaxsiy tarkibi o’rtasida profilaktika ishlarini, korrupsiyaga qarshi kurashishni kuchaytirish hamda tizimda nopok xodimlarga nisbatan murosasizlik muhitini yaratish maqsadida, DBQning tarkibiy tuzilmalari va hududiy bojxona boshqarmalari bilan hamkorlikdagi kompleks chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan. O’zbekiston Respublikasi bojxona organlarida korrupsiya va jinoyatchilikni oldini olish va fuqarolarni og’zaki murojaatlarini qabul qilish borasida “Ishonch telefonlari” tashkil qilinib, ular tunu-kun davomida uzluksiz ishlab kelmoqda.
O’zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida” 2017 yil 3 yanvarda O’RQ 419-son Qonuni qabul qilinganligi ushbu sohada juda katta harakatlardan biri bo’ldi. Ushbu qonun 6-bob, 34 ta moddadan iborat bo’lib, korrupsiya va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida huquqni muhofaza qilish organlari, fuqarolar hamda o’zini o’zi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlar va mansabdor shaxslarning korrupsiyaga qarshi kurashishda ishtirok etishi, ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan keng foydalanish, aniq moddalarda ifoda qilingan.
Yana shuni takidlab utish joizki, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi Qaroriga asosan korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha Respublika idoralararo komissiyasi tashkil qilindi hamda uning aniq vazifalari belgilab berildi. O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining beshinchi bo’limi “Hokimiyat, boshqaruv va jamoat birlashmalari organlarining faoliyat tartibiga qarshi jinoyatlar” deb nomlanib, 16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.01.00 Umumiy qoidalar] ushbu bo’limda “Boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar” deb nomlanuvchi XV bob mavjud. Ushbu bobda korrupsiya, ya’ni poraxo’rlik va ta’magirlik kabi jinoyatlarga javobgarlik choralari aniq va tushunarli qilib belgilab berilgan.
Jumladan, mazkur kodeksning 205 dan tortib 212 moddalarida nazarda tutilgan harakatlarni sodir etganlik uchun jazo choralari muqarrar ekanligi belgilab berilgan. Jinoyat kodeksining ushbu moddalarining mazmun moxiyati har bir inson tushunib, anglab olishi zarur. Ushbu moddalarni mazmun-mohiyatini huquqshunoslarimiz to’liq tushuntirib, targ’ibot-tashviqot ishlarini doimiy ravishda olib borilishi, ushbu illatga qarshi kurashishda eng samarali vositadir.
Shu o’rinda aholining huquqiy ongi, huquqiy madaniyati, huquqiy savodxonligi tobora yuksaltirilib borilsa, loqaydlik, befarqliq degan tushunchalardan butunlay holi bo’lsak, davlat xokimiyatidagi mansabdor shaxsning qalbi toza, iymoni butun, irodasi baqquvvat bo’lsa, Vatan, xalq dardini o’zini dardi deb bilsa, korrupsiya deb atalmish illatni oldi olinadi. Zero, Vatan taraqqiyoti yo’lida jon kuydirish har bir fuqaroning burchi hisoblanadi.
Akbar Po’latov,
bojxona xizmati kapitani