O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
2018-yilda Ostona shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan o‘zbek kinosi kunlari bo‘yicha fikr almashildi
2018-02-06 | Jamiyat
«O‘zbekkino» milliy agentligida Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Yerik Utembayev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda mamlakatlarimiz o‘rtasida ko‘plab sohalar qatori kino san’ati yo‘nalishidagi hamkorlik ham rivojlanib borayotgani ta’kidlandi. 2018 yilda Ostona shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan o‘zbek kinosi kunlari, istiqboldagi rejalar, shuningdek, boshqa qo‘shma loyihalar bo‘yicha fikr almashildi.
– Joriy yil Qozog‘istonda O‘zbekiston yili, deb e’lon qilingan, – deydi Yerik Utembayev. – Bu esa o‘zaro aloqalarimizni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladigan ko‘plab loyihalarni hayotga tatbiq etish uchun yaxshi imkoniyatlarni beradi. O‘ylaymanki, kino san’ati xalqlarimiz shonli tarixi, buyuk siymolarimiz hamda muqaddas qadamjolarimizni dunyoga tanitishda va shu orqali Markaziy Osiyoda turizmni yanada rivojlantirishga katta hissa qo‘shadi.