O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Davlat moliyaviy nazorat bosh boshqarmasiga boshliq tayinlandi

2018-02-05 | Iqtisodiyot

Prezidentimizning qaroriga muvofiq Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi – Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi etib qayta tashkil qilingan edi. 

Ushbu lavozimga Toshkent shahar moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i Nozimjon Sabirov tayinlandi. 

N.Sabirov 1964-yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan. U Andijon viloyati davlat statistika va moliya boshqarmalarida rahbarlik qilgan. 2007-2012 yillarda esa Moliya vazirligi hududlar moliyasi bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan. 

Davlatimiz rahbari tomonidan Davlat moliyaviy nazoratining asosiy vazifalari etib, zamonaviy axborot texnologiyalari va xalqaro e’tirof etilgan moliyaviy nazorat standartlari asosida masofaviy nazoratni keng ko‘lamda qo‘llash tizimni joriy etish orqali byudjet qonunchiligini buzish holatlarining oldini olish va profilaktikasiga qaratilgan davlat moliyaviy nazoratining rolini tubdan qayta tashkil etish belgilangan. 

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish joizki, Moliya vazirligi rahbariyati tomonidan hududiy davlat moliyaviy nazorati boshqarmalari rahbariyati lavozimlariga ham quyi tizimlarda ishlab kelayotgan, amaliy va nazariy tajribaga ega moliya, pensiya va g‘aznachilik idoralaridan tayinlanishini ma’lum qilgan. 

Поделиться