O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi “Umra. Bahor-2018” dasturi doirasidagi qatnovlarga puxta tayyorgarlik ko‘rdi
2018-02-02 | Jamiyat
Joriy yilning 1 fevralidan “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi “Umra. Bahor-2018” dasturi doirasidagi qatnovlarni amalga oshira boshlaydi, deya xabar qilinadi kompaniyaning rasmiy saytida.
Hozirda, navbatdagi dastur doirasida Toshkent-Jidda-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha jami 46 qatnov amalga oshirilib, 8 ming 736 ziyoratchini Boeng 767 samolyotlarida belgilangan manzilga yetkazish rejalashtirilgan.
Milliy aviatashuvchi mutaxassislari “kichik haj” amaliga puxta tayyorlanish bilan birga, ziyoratchilarga qulay shart-sharoit yaratish, yuqori darajadagi servis xizmatlarini ko‘rsatish uchun bor imkoniyatlarini sarflamoqda. Shunga ko‘ra ziyoratchilar bilan ishlovchi maxsus guruh tashkil etildi.
“Umra. Bahor-2018” dasturi shu yilning 29 martiga qadar davom etishi ko‘zda tutilgan.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA