O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sog‘liqni saqlash tizimi: sohaga e’tibor yanada kuchaymoqda

2018-02-01 | Sog‘liqni saqlash

Mamlakatimizda investitsiya dasturlari doirasida shifoxonalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, sohaga yangi texnologiyalarni tatbiq etish borasida amalga oshirilayotgan muhim loyihalar inson manfaatlarini ta’minlash, xalqimizning salomatligini muhofazalashda muhim omili bo‘layotir.

2017 yil investitsiya dasturi doirasida Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi 181 ta davolash-profilaktika muassasalarida 552,6 mlrd.so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

Joriy yilda bu sohadagi ishlarni yanada kengaytirish, xususan, vazirlik tizimidagi 310 ta tibbiyot inshootlarida qurilish, rekonstruksiya, kapital ta’mirlash va ularni jihozlash uchun 803,6 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilishi rejalashtirildi.

Sohani malakali kadrlar bilan ta’minlash ham ustuvor vazifalardan biridir.

2017 yil 12 dekabr kuni Prezidentimiz raisligida tibbiyot sohasi vakillari bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ushbu masala ham ko‘tarilgan edi. Davlatimiz rahbari sog‘liqni saqlash tizimida hal etilishi lozim bo‘lgan muammolarni hududlar kesimida tahlil qilib, joylardagi tibbiyot muassasalarining kadrlar ta’minoti va salohiyati yetarli emasligi, buning sabablari, oqibat va yechimlari xususida to‘xtalgan edi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi bu vazifalarni hal etish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda hududlar, tumanlar va muassasalar kesimida tibbiyot kadrlariga bo‘lgan ehtiyojni o‘rganib chiqdi.

O‘rganish natijasida vakant o‘rinlar aniqlanib, ularni malakali kadrlar bilan to‘ldirish yuzasidan bir qator amaliy choralar ishlab chiqildi. Xususan, tibbiyot oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini maqsadli yo‘naltirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda joriy yil yanvar oyida tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining 7-bosqich bakalavriat bitiruvchilari yakuniy davlat attestatsiyasidan o‘tkazildi va ulardan 1811 nafari umumamaliyot shifokori sifatida ishga yo‘llanma oldi. Buning natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Samarqand, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrida umumiy amaliyot shifokoriga bo‘lgan vakansiyalar to‘liq qoplandi.

Bundan tashqari, 926 nafar 2-bosqich klinik ordinatura bitiruvchilaridan 907 nafarini tor soha mutaxassisi sifatida ishga joylashtirish hisobiga tor doiradagi mutaxassislarga bo‘lgan vakansiyalar yana qisqaradi. Shuningdek, bu yil tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida bakalavriatura yo‘nalishida ta’lim olayotgan 6-bosqich talabalar ham o‘qishni yakunlab ishga yo‘l oladi.

Yana bir yangilik – joriy yildan boshlab pensiya yoshidagi shifokorlar mehnat faoliyatini davom ettirgan taqdirda ularga oylik maosh va pensiya to‘liq miqdorda to‘lanadigan bo‘ldi.

O‘tkazilayotgan ushbu amaliy sa’y-harakatlar natijasida joriy yilda umumiy amaliyot shifokorligi bo‘yicha bo‘sh o‘rinlar 82 foiz, tor mutaxassisliklar bo‘yicha esa 55 foiz qoplanishi kutilmoqda.

Поделиться