O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Haj va Umrani ixtiyor etganlar uchun seminar

2018-02-01 | Jamiyat

Fuqarolarning vijdon erkinligi va diniy e’tiqodga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqlarini to‘liq ta’minlash, “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq ishlarning samaradorligini yanada oshirish barobarida Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 7 iyundagi 364-sonli, 2017 yil 28 dekabrdagi “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 1031-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida Guliston tumanida mahalla fuqarolar yig‘ini raislari, diniy-ma’rifat va axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilar, imom xatiblar, tibbiyot xodimlari, “Mahalla” XJF tuman bo‘linmasi, MFY raislarining keksalar bo‘yicha o‘rinbosarlari, tuman ichki ishlar bo‘limi mas’ul xodimlari, tuman xotin-qizlar qo‘mitasi va O‘zbekiston faxriylarini ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi tuman vakillari hamda “Haj” safariga borishni ixtiyor etgan fuqarolar ishtirokida seminar yig‘ilishi o‘tkazildi.

Seminarni tuman hokimi A. Iboddullayev kirish so‘zi bilan ochib, seminarning maqsad va vazifalari haqida gapirdi.

Shundan so‘ng mavzuga oid “Haj” safarini tashkil etish borasidagi ko‘rsatuv namoyish etildi. Seminar ishtirokchilari ushbu ko‘rsatuv orqali yurtimizda “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot olish bilan birgalikda, “Men Haj safariga borish uchun diniy va dunyoviy jihatdan tayyormanmi?” degan savolni o‘zlariga berish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Viloyat hokimi o‘rinbosari I.Mo‘minov bugungi kunda viloyatimizda haj tadbirlarini amalga oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berish bilan birgalikda, muhtaram Yurtboshimiz tomonidan 2017 yil 1 sentyabr kuni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida faollar bilan bo‘lgan uchrashuvlar davomida aytib o‘tgan fikrlariga alohida to‘xtalib o‘tib, “Haj” tadbiriga boradigan nomzodlar moddiy va jismoniy jihatdan “Haj” tadbiriga qodirligiga, “Haj” amallarini to‘g‘ri va to‘la-to‘kis ado etishi uchun yetarli diniy bilimga, ma’naviyati, ma’rifati va odob-axloqi bilan mahallada obro‘-e’tiborga ega bo‘lishi zarurligini alohida ta’kidladi.

Nomzodning oilasidagi muhitning sog‘lomligi va farzandlarining ijobiy tavsiflanishi, mahalla fuqarolar yig‘inidagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilashda mahallada ibrat bo‘la olishi bilan birga, yo‘ldan adashganlarni sog‘lom turmush tarziga qaytarishi, ularning ijtimoiy moslashuviga yordam berishi, mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkaziladigan xayriya tadbirlarida ishtirok etishi bilan birga ushbu tadbirlarga bosh-qosh bo‘la oladigan, mahalla orasida obro‘ e’tiborli fuqarolarni safarga borish uchun tavsiya etish, ushbu tavsiya etilgan fuqarolar Saudiya Arabistoni davlatida “Haj” safarini ado etish jarayonida dunyoning boshqa musulmon davlatlari vakillariga har tomonlama o‘rnak bo‘la oladigan hoji ona va hoji otalar ekanligini ko‘rsata olishga qodir bo‘lishi kerakligini ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek mahalla fuqarolar yig‘inlari va tumanda tashkil etilgan ishchi guruhi tomonidan yuqoridagi xislatlarga ega bo‘lgan munosib fuqarolarni tanlab, ko‘pchilik orasidan saralab, haj safariga tavsiya etilishi, hojilarning aholi orasida obro‘sining ortishiga ham o‘zining ijobiy ta’sir ko‘rsatishini inobatga olib, ishchi guruhlari tomonidan fuqarolarni saralashda juda ham ziyrak bo‘lishlari kerakligini uqtirdi.

Shuningdek viloyat hokimi o‘rinbosari tomonidan bugungi kunda mahallalardagi qabristonlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, qabristonlar atrofini o‘rash ishlariga ham seminarda ishtirok etayotgan faollarning ham mas’ulligini ta’kidlagan holda, barcha fuqarolar yig‘inlari hududidagi mavjud qabristonlarni obodonlashtirish, zarur hollarda joylardagi tadbirkorlarni jalb etgan holda qurilish va ta’mirlash ishlariga shu yerda o‘tirgan yoshi ulug‘lar tomonidan ham hissa qo‘shish har birimizning burchimiz ekanligi to‘g‘risida tushuncha berdi.

 

Abdurahmon NAZIRQULOV,

Sirdaryo viloyati hokimligi jamoat va diniy

tashkilotlar bilan aloqalar

kotibiyati mudiri

Поделиться