O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Mangulikka daxldor yorqin xotira
2018-02-01 | Jamiyat
“Islohot – islohot uchun emas, avvalo, inson uchun” degan ezgu g‘oyaga sodiq qolgan, shu yurt, shu el uchun o‘zi aytganidek, “yonib yashagan” Mustaqillik asoschisi O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning 80 yilligining yubileyi mamlakatimizning barcha hududlarida ko‘tarinki kayfiyatda nishonlanmoqda.
Mamlakatimiz rahbarining 2017 yil 27 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘aniyevich Karimov tavalludining 80 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash va Birinchi Prezidentimizning “Savob ishni har kuni qilish kerak, savob ishni har kim qilishi kerak” degan tamoyil asosida Buxoro viloyatidagi barcha shahar va tumanlarida ehson tadbirlari tashkil etildi.
Buxoro shahridagi “Rudizar” marosimlar uyida o‘tgan tadbirda viloyat hokimi O‘.Barnoyev so‘zga chiqib, viloyatning bugun jahon miqyosida e’tirof etilishida atoqli davlat arbobi, uzoqni ko‘ra oluvchi mohir siyosatchi Islom Karimovning katta hissasi borligini va Birinchi Prezidentimiz doimo buxoroliklar qalbida yashayotganini ta’kidladi.