O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
2018 yilda poytaxtda 21 ta maktabgacha ta’lim muassasasi ish boshlaydi
2018-02-01 | Iqtisodiyot
2017 yilda Toshkent shahridagi maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanuvchilar soni o‘tgan yildagiga nisbatan 160 ming nafarga ko‘paygan.
2012-2017 yillarda Toshkent shahridagi maktabgacha ta’lim muassasalari soni 41 taga ko‘payib, 546 taga yetgan. 2012-2017 yillarda Toshkent shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy natijalari hamda 2018 yil reja ko‘rsatkichlarida qayd etilishicha, 2017 yilda yangi MTMlar tashkil etilmagan.
Joriy yilda 21 ta MTM ochilishi natijasida poytaxtda faoliyat ko‘rsatayotgan bog‘chalarning umumiy soni 567 taga yetkaziladi. Ular 1 million 270 ming tarbiyalanuvchini qamrab olishi ko‘zda tutilgan.