O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ko‘p qavatli uyning har bir qavatida bog‘ yaratish mumkin

2018-02-01 | Jamiyat

Navoiy shahrida barpo etilayotgan 7 qavatli “Garden House” uylar majmuasida qurilish ishlari yakunlandi. Bu uylarning o‘ziga xosligi shundaki, har bir qavatda kichik bog‘ tashkil etib, mevali va sitrus ko‘chatlar yetishtirish imkoniyati mavjud. 

“Navoiy komfort qurilish servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati quruvchilari tomonidan 270 xonadonga mo‘ljallab bunyod etilgan turar joy binosining yerto‘lasida bolalar uchun turli attraksionlar o‘rnatilgan, ko‘ngilochar o‘yinlar zali faoliyat ko‘rsatmoqda. Birinchi qavatda oilaviy oshxona, bouling zali va do‘konlar joylashgan. Yuqori tezlikdagi internet tarmog‘i aholi uchun qulaylik yaratadi. 

– Binolarning isitish tizimi markazlashtirilgan bo‘lib, eng zamonaviy qozonlar bilan jihozlangan, – deydi “Navoiy komfort qurilish servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori o‘rinbosari Shuhrat Tillayev. – Majmuaning xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati xonadonlarga namunali xizmat ko‘rsatadi. 7 qavatli binoning har bir qavatidagi kichik ayvonda aholi dam olishi hamda pakana navli daraxt ko‘chatlarini parvarishlashi uchun kichik bog‘ maydoni ajratilgan. Bu insonga o‘zgacha zavq bag‘ishlaydi. 7-qavatda kichik mehmonxona joylashgan. Majmua hovlisi o‘ralgan bo‘lib, maxsus qo‘riqlash xizmati yo‘lga qo‘yilgan. Bolalar uchun yozgi cho‘milish havzasi, sun’iy qoplamali futbol va voleybol maydonlari barpo etilmoqda. Bino old qismida musiqali favvora o‘rnatilayotir.

 

Nuriddin Rahimov, O‘zA

Поделиться