O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Amaliy seminar
2018-02-01 | Jamiyat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 8 avgustdagi “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3182 son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vazirining 2017 yil 6 oktyabrdagi 08/1-1922-son topshirig‘iga muvofiq hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha biriktirilgan sektor rahbarlariga bir qator vazifalar yuklatilgan.
Sektor rahbarlarining vazifalarni yengillashtirish maqsadida har bir sektor rahbarlariga O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan planshet qurilmalari berilgan hamda Internet tarmog‘idan foydalanishlari uchun barcha planshetlar “Uzmobile” operatorining imtiyozli tariflariga ulangan. Planshet qurilmalarining joylashishini nazorat qiluvchi UzGPS tizimi o‘rnatilgan.
Shuningdek, sektor rahbarlariga yuklatilgan vazifalarni yanada yengillashtirish va ularning faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan “Hudud” axborot tizimi ishlab chiqilgan.
Tuman va shaharlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha biriktirilgan sektor rahbarlari va mas’ul xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining mas’ul xodimlari tomonidan ushbu tizimdan foydalanish, tizimda ishlash tartibi, tizimga ma’lumotlarni kiritish, mavjud ma’lumotlarni tahrirlash hamda tizimning boshqa funksiyalari to‘g‘risida batafsil tushuntirishlar berib o‘tildi.
Seminar jarayonida sektor rahbarlari tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonida javoblar berildi.
Fayzulla HAQULOV,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini
rivojlantirish vaziriligining viloyat
hududiy boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i