O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Marafonchining keyingi mo‘ljali Parij

2018-02-01 | Sport

Toyloq tumanidagi Payshanba-Siyob mahallasida yashovchi Shokirxon Ahrorov mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan Toshkentdan Samarqandgacha bo‘lgan masofani yugurib bosib o‘tdi.

Ulug‘ Yo‘lboshchimizning poytaxtdagi haykali oldidan start olgan 50 yoshli marafonchi Samarqand shahridagi Registon maydonida viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi mutasaddilari, sport faxriylari, mahalladoshlar hamda yoshlar tomonidan kutib olindi.

- Ushbu masofani besh kun davomida zabt etishga muvaffaq bo‘ldim, - deydi Sh.Ahrorov. – Navro‘z bayrami arafasida Registondan Qarshi shahrigacha yugurib o‘tishni, keyinchalik velosipedda Fransiyaning Parij shahriga yo‘l olishni rejalashtiryapman.

Tashabbuskor marafonchiga jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, uni yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilishga qo‘shgan hissasi uchun viloyat hokimligining faxriy yorlig‘i topshirildi.

***

Samarqand shahrida sportning milliy kurash hamda badiiy gimnastika turlari bo‘yicha Birinchi Prezidentimiz xotirasiga bag‘ishlangan musobaqalar bo‘lib o‘tdi.

Viloyat hokimligi, viloyat prokuraturasi, jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi hamkorligida tashkil etilgan bellashuvlarda shahar va tumanlardan kelgan o‘smir yoshlar o‘zaro kuch sinashdi.

Musobaqa g‘oliblariga tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Поделиться