O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Adashgan fuqarolarga imkoniyat berildi

2018-02-01 | Jamiyat

2017-yil 23-noyabr kuni soat 21:05 da Toshkent shahar Bektemir tumanida Bektemir yo‘l-patrul xizmati tomonidan olib borilayotgan tezkor tadbir chog‘ida Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga kirib kelayotgan fuqaro Murod O‘rtayev soha xodimlarida shubha uyg‘otdi. Surishtiruv va tekshiruvlar natijasida uning yonidan marixuana giyohvandlik moddasi topilgan. 

Fuqaro buni tanishi Ilhom Isoqovdan olganini aytgach, bu ish bo‘yicha chuqurlashtirilgan barcha chora-tadbirlar ko‘rildi. 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Bektemir tumani sudida fuqarolar M.O‘rtayev va I.Isoqovning giyohvandlik moddalarini yetishtirish, yetkazib berish va iste’mol qilishga oid jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. 

Sud tomonidan ularning qilmishini o‘zi to‘la anglamagan holda sodir etgani, muqaddam sudlanmagani, chin ko‘ngildan pushaymonligi, oilaviy ahvoli, sodir etgan jinoyatining yomon asoratlarini to‘la anglamagani inobatga olindi. Ularga qo‘yilgan ayblovlar tahlil etilib, fuqarolar ozodlikka chiqarildi. 

M.O‘rtayev O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga shu moddaga asosan ish haqining 10 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda bir yil axloq tuzatish ishi jazosi tayinlandi. 

I.Isoqov esa O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismi, 25 hamda 273-moddaning 5-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor, deb topildi. Shu bois unga nisbatan qo‘llanilgan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi o‘zgartirilib, jazoni ochiqlikda o‘tashi qat’iy tushuntirilib, sud zalidan ozod etildi. 

Endilikda ular jazoni belgilangan tartibda o‘taydi. 

Ashyoviy dalil sifatida ikki fuqarodan olingan 4,63 gramm va 115 gramm marixuana giyohvandlik moddalari yo‘q qilindi.

 

Поделиться