O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tennischilarimiz g‘oliblikka da’vogar

2015-04-25 | Sport

Qozog'istonda o'tayotgan Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) turkumiga kiruvchi erkaklar o'rtasidagi "Fyuchers" va xotin-qizlar o'rtasidagi xalqaro turnirlarda tennischilarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

"Fyuchers" turnirining chorak finalida hamyurtlarimiz rossiyalik raqiblarini mag'lubiyatga uchratdi. Dastlab Temur Ismoilov Yevgeniy Tyurnevni har ikkala setda 6:3 hisobida yengdi. Sanjar Fayziyev Anton Zaytsev bilan bahslashib, 7:5, 6:0 hisobida zafar quchdi.

Musobaqaning yarim finalida S.Fayziyev belaruslik Yaroslav Shilyaga, Temur Ismoilov esa qirg'izistonlik Doniyor Duldayevga qarshi kortga chiqadi.

Xotin-qizlar xalqaro turnirining juftliklar bahsida hamyurtimiz Go'zal Yusupova va Yelizaveta Xabarova (Rossiya) yarim finalda rossiyalik tennischilar Yelizaveta Lyukshinova hamda Valeriya Urjumovani 7:5, 5:7, 10:4 hisobida yengdi. Endi ular hal qiluvchi bahsda rossiyalik tennischilar Irina Lidkovskaya va Aleksandra Pospelova bilan o'zaro kuch sinashadi.

Поделиться