O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ikki farzandning otasi sud zalida qamoqdan ozod qilindi

2018-01-31 | Jamiyat

Toshkent shahridagi avtokorxonalardan birida ishlaydigan R.K.ning ish joyi va maoshi tayin edi, turmush o‘rtog‘i, gulday ikki farzandi bor. Biroq... 

...U tungi vaqtda Chilonzor tumanidagi Bekto‘pi mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uylar oldidan o‘tib ketayotgan yigitga hujum qilib, bo‘yniga pichoq tirab qo‘rqitadi va qimmatbaho telefonini tortib oladi. So‘ngra voqea joyidan yashirinishga urinadi. 

Buzoqning yugurgani somonxonagacha. Hukm o‘qildi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Chilonzor tumani sudi R.K.ga nisbatan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi. Farzandining qilmishidan ota-ona qon yig‘ladi, turmush o‘rtog‘ining bag‘ri ezildi, ikki norasida farzandining mehr to‘la ko‘zlari jovdirab qolaverdi... 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, insonni faqat jazolash, faqat repressiv usullar bilan tarbiyalab bo‘lmaydi. Buni hayotning o‘zi ko‘p bor isbotlagan. Insonni tarbiyalash uchun butun jamiyat harakat qilishi, avvalambor, jinoiy holatlarni tug‘diradigan sabab va omillarni hayotimizdan bartaraf etishimiz kerak. 

Bu serma’no gaplar R.K.ning keyingi hayot yo‘lini tubdan o‘zgartirishga asos bo‘lib xizmat qildi. Tavba qilganni el kechirar, deganlaridek, 5 yil ozodlikdan mahrum qilingan yigit hayotning, yaqinlarining qadrini angladi. Qilmishidan ming pushaymon bo‘ldi. O‘rtaga mahalla faollari aralashdi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi shahar prokurori tomonidan keltirilgan protest, advokat va jamoat himoyachilari tomonidan taqdim etilgan shikoyat bo‘yicha jinoyat ishini kassatsiya tartibida ko‘rib chiqdi. 

Sudda jabrlanuvchining mahkumga nisbatan da’vosi yo‘qligi, keltirilgan zarar to‘liq qoplangani, aybdor qilmishidan astoydil pushaymon ekanligi, shuningdek, yashaydigan mahallasi faollarining kafilligi, ikki nafar voyaga yetmagan farzandi borligini inobatga olgan holda, R.K.ga nisbatan axloq tuzatish jazosi tayinlanib, u sud zalida qamoqdan ozod qilindi. 

R.K. ota-onasi, turmush o‘rtog‘i, farzandlari, mahalla faollari va sud ishi mas’ul xodimlari oldida bundan keyin halol mehnat qilib, to‘g‘ri yashashga so‘z berdi. 

 

Ulug‘bek Asrorov, O‘zA

Поделиться