O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jizzaxda stol tennisi va badminton bo’yicha xotira turniri o’tkazildi

2018-01-31 | Sport

Viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tasarrufidagi sport o’yinlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o’smirlar sport maktabi, O’zbekiston Qizil Yarim Oy Jamiyati viloyat tashkiloti, O’zbekiston “Adolat” SDP viloyat Kengashi, viloyat stol tennisi hamda badminton federatsiyalari tashabbusi bilan Jizzax shahrida O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludining 80 yilligiga bag’ishlab sport tadbirlari o’tkazildi.

Dastlab musobaqa ishtirokchilariga O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I. A. Karimov tomonidan amalga oshirilgan buyuk ishlar, mamlakatimizning har jihatdan ravnaq topishida qo’shgan beqiyos hissasi, aynan kelajagimiz avlodlari bo’lmish yoshlar, xususan, sportchilar uchun yaratib berilgan shart-sharoitlar to’g’risida so’zlab berildi.

Bellashuvlar davomida 1999-2001, 2002-2004, 2005-2007 yillarda tug’ilgan o’smir va qiz bolalar o’zaro bellashishdi.

Aytish mumkinki, mazkur viloyat ochiq turniri joriy yil davomida o’tkaziladigan Respublika chempionatlari va kubok bahslari oldidan o’ziga xos sinov vazifasini ham o’tab berdi.

Stol tennisi bo’yicha o’tkazilgan bahslarda o’g’il bolalardan Firdavs Irsaliyev, Sunnat Halilov, Islom O’razaliyev, Ortiqboy Turdiqulov, Abduvahob Tog’ayev, Mavlon Toshmurodov, qizlardan Oygul Karimqulova, Ruxshona Musurmonqulova, Dilorom Toshtemirova, Dilnoza Turdiboyeva, Zarnigor Mamatmurodova hamda Mohira Jo’raqulovalar mos ravishda g’olib va sovrindorlarga aylangan bo’lishsa, badminton bellashuvlarida Ziyoda   Nomozboyeva, O’g’iloy  Axmurodova, Xumogul Hakimova, o’g’il bolalar o’rtasida Akmal Farxodov,  Ilg’or Ikromov, Qodirjon Qodirovlar faxrli o’rinlarni qo’lga kiritdilar.

Odatga ko’ra musobaqa so’ngida har ikkala sport turi bo’yicha g’olib va sovrindorlikni qo’lga kiritgan yoshlarga hamkor tashkilotlar tomonidan ta’sis etilgan diplom, medal va estalik sovg’alari topshirildi.

Поделиться