O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Do’stlikda Islom Karimov tavalludining 80 yilligiga bag’ishlangan xotira tadbiri o’tkazildi

2018-01-31 | Jamiyat

O’zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Do’stlik tuman  Kengashi hamda Sanoat va  xizmat ko’rsatish kasb-hunar kolleji bilan hamkorlikda kollejning faollar zalida O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, Islom Karimov tavalludining 80 yilligiga  bag’ishlangan  xotira tadbiri o’tkazildi.

O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Karimov tavalludining 80 yilligiga  bag’ishlangan  xotira tadbirini Sanoat va  xizmat ko’rsatish kasb-hunar kolleji direktori Bahodir Alibekov ochib berib,“E’zoz” nomli hujjatli film haqida gapirib o’tdi va ushbu film ishtirokchilarga namoyish etildi.

Tadbir davomida  Sanoat va  Xizmat ko’rsatish kasb-hunar kollejining  talabalari tomonidan O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti  Islom Karimovning hayoti va ijodi, u kishining asarlari, umr yo’llarida erishgan yutuqlari haqida she’riy va mazmunli hikoyalari bilan tadbirga ko’tarinki kayfiyat olib kirdilar.

Поделиться