O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Avtotransport vositalarini siqilgan gazga o‘tkazish majburiymi?

2018-01-31 | Jamiyat

Qarshida “O‘zdavneftgazinspeksiya” Qashqadaryo hududiy bo‘limi, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi Qashqadaryo viloyati mintaqaviy inspeksiyasi hamda viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan seminarda shu haqda batafsil ma’lumot berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 11- noyabrdagi “Siqilgan tabiiy gazda, suyultirilgan neft gazida yoki dizel va gazsimon yoqilg‘i aralashmasida ishlaydigan transport vositalarining xavfsizligi to‘g‘risida umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida”gi qarorida avtotransport vositalariga gaz to‘ldirishda xavfsizlikka rioya etilishini ta’minlash va davlat nazorati olib borish tartibi qat’iy belgilab qo‘yilgan. Tadbirda ushbu reglamentning asosiy bandlari, shoxobcha faoliyati, haydovchi va yo‘lovchilar sog‘ligini asrash uchun asosiy e’tibor nimalarga qaratilishi zarurligi kabi masalalar xususida so‘z yuritildi. 

Oxirgi vaqtlarda avtotransport vositalarida siqilgan tabiiy gaz bilan bog‘liq tez-tez sodir bo‘layotgan noxush holatlarning kelib chiqish sabablari, avtomobillarga siqilgan gaz quyish shoxobchalarida yong‘in xavfsizligini ta’minlash, favqulodda vaziyatlarga tayyor turish va ularning oldini olish choralari to‘g‘risida tadbirkorlar ogohlantirildi. 

– Bunday tadbirlar mazkur yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar ishi yanada samarali tashkil etilishi, muammoli masalalarning o‘z vaqtida yechim topishida muhim ahamiyat kasb etadi, – deydi “O‘zdavneftgazinspeksiya” Qashqadaryo hududiy bo‘limi 1-toifali muhandis-texnik xodimi F.Hasanov. – Bugungi kunda avtomobillarga suyultirilgan va siqilgan gaz to‘ldirish shoxobchalari uchun avtomobillarni gaz bilan to‘ldirish kompressor stansiyalari tarmog‘ini rivojlantirish va avtotransport vositalarini siqilgan tabiiy gazga bosqichma-bosqich o‘tkazish masalasi keng muhokama qilinmoqda. Tadbir davomida tadbirkorlarga shu masalaga qonuniy yechim beruvchi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017- yil 11- oktabrdagi “Avtomobillarni gaz bilan to‘ldirish kompressor stansiyalari tarmog‘ini rivojlantirish va avtotransport vositalarini siqilgan tabiiy gazga bosqichli o‘tkazish hamda ularda gaz balloni asbob-uskunalarini xavfsiz ishlatishni ta’minlash qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati tushuntirildi. 

Tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldi. 

 

O‘lmas Barotov, O‘zA

Поделиться