O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yer ajratish masalasiga befarq qarab kelingan

2018-01-31 | Jamiyat

Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida yashovchi Umidjon Eshonqulovning oilaviy chorvachilik fermasida 55 bosh zotdor qoramol, 52 bosh ot, 2 bosh tuya, 95 oq naslli echki, 300 mayda shoxli qo‘y va 100 dan oshiq parranda (g‘oz, tovuq) parvarish qilinmoqda. U faoliyatini fermer xo‘jaligi sifatida kengaytirishni maqsad qilgan. G‘allaorollik Akbar Arziqulov esa fermer xo‘jaligida soya yetishtirishni yo‘lga qo‘ymoqchi. Yosh fermerga ushbu o‘simlikni yetishtirish texnologiyasi haqida to‘liqroq ma’lumot kerak...

Jizzax viloyatida O‘zbekiston yosh fermerlari kengashi tomonidan o‘tkazilgan “Tomorqa – qo‘shimcha daromad manbai” mavzusidagi davra suhbatida yosh fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining faoliyati bilan bog‘liq ellikka yaqin ana shunday masala ko‘tarildi.

Unda Jizzax viloyati hokimligi, Yoshlar ittifoqi Jizzax viloyati kengashi, viloyat Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha viloyat kengashi, aksiyadorlik tijorat banklari, sohada muvaffaqiyatlarga erishgan tajribali fermerlar, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari qatnashdi.

Tadbirda tomorqa egalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, aholi tomorqalarida ixcham issiqxonalar barpo qilish, yong‘oq, unabi va boshqa ko‘chatlar yetishtirishni tashkil etish hamda sohada zamonaviy ilm-fan yutuqlaridan samarali foydalanish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi, zarur tavsiyalar berildi.

– Joylarda yosh fermerlar faoliyatini rivojlantirishda, afsuski, hamon ba’zi to‘siqlar mavjud, – deydi O‘zbekiston yosh fermerlari kengashi bosh mutaxassisi Ilyos Safarov. – O‘zbekiston yoshlar ittifoqi bilan birgalikda yosh fermerlarning muammolarini o‘rganib, ularga amaliy yordam berish choralari ko‘rilmoqda.

Tadbirda yoshlarning taklif-mulohazalari tinglandi. Mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan fikr almashildi.

Akbar Arziqulovning ham tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanib, u soya o‘simligini yetishtirish bo‘yicha qo‘llanmalar bilan ta’minlandi. Yosh chorvador Umidjon Eshonqulovga O‘zbekiston yosh fermerlari kengashi tomonidan amaliy yordam ko‘rsatiladigan bo‘ldi.


Mohigul Qosimova, O‘zA

Поделиться