O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Belaruslik mehmonlar Samarqandga tashrif buyurishdi

2018-01-31 | Jamiyat

O‘zbek xalqi azal-azaldan mehmondo‘stligi bilan dong taratgan. Bu fazilat qon-qonimizga singib ketganki, mehmon tashrifidan hamisha xursand bo‘lamiz. Eshigimiz hamisha mehmonlar uchun ochiq.

Yaqinda O‘zbekiston va Belarus Respublikalari Favqulodda vaziyatlar vazirliklari qutqaruv xizmatlari o‘rtasida o‘tkaziladigan hamkorlikdagi o‘quv mashqlarida ishtirok etish uchun tashrif buyurgan Belarus Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari A.Xudoleev boshchiligidagi rasmiy delegatsiya qadimiy Samarqand shahriga tashrif buyurdi.

Mehmonlar o‘z tashrifini buyuk Davlat va siyosat arbobi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov mangu qo‘nim topgan muborak joy Hazrati Xizr maqbarasiga qabriga gul qo‘yib, hurmat bajo keltirishdan boshlashdi. Mehmonlar majmuada olib borilgan yuksak me’morchilik san’ati asosida bajarilgan ishlar, o‘rnatilgan salobatli ustunlar, yog‘och eshiklarga o‘ymakorlik san’ati asosida yaratilgan bezaklarga alohida urg‘u berib o‘tdi.

SHaharning diqqatga sazovor Shoxi-Zinda kompleksi, Registon maydoni, Go‘ri Amir maqbarasi, Ulug‘bek rasadxonasi va Doniyor Payg‘ambar ziyoratgohida bo‘lib, mazkur joylarning tarixi, u erda dafn etilgan buyuk ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan amaliy ishlar, dunyoning boshqa hech qayerida uchramaydigan noyob, o‘zbekona me’morchilik obidalari bilan yaqindan tanishishdi.

Mazkur tashrif mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Поделиться