O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Al-Garafa” - “Paxtakor” 2:1

2018-01-31 | Sport

Qatarning “Al-Garafa” jamoasi o‘z maydonida Toshkentning “Paxtakor” klubiga qarshi Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichiga saralash bahsida maydonga tushdi.

Birinchi bo‘limning 20-daqiqasida Marko Simich mezbonlar futbolchisi Mehdi Taremiga qarshi qoida buzdi va hakam darvozamiz tomon penalti belgiladi. Ushbu vaziyatdan tajribali Uesli Sneyder unumli foydalanib hisobni ochdi. Oradan 8 daqiqa o‘tib Diogo Amado gol urib, hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi.

Ikkinchi bo‘limda “Paxtakor” klubi qator xavfli hujumlar uyushtirdi. 93-daqiqada Jasur Hakimov raqib darvozasini ishg‘ol etib, hisobni qisqartirdi.

Shu tariqa “Al-Garafa” 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, musobaqaning “A” guruhida “Al-Jazira”(BAA), “Al-Ahli” (Saudiya Arabistoni) va “Traktor Sazi” (Eron) bilan bahslashadigan bo‘ldi.

 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Поделиться