O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Firibgarga axloq tuzatish ishlari jazosi berildi

2018-01-30 | Jamiyat

Jinoyat ishlari bo‘yicha Angren shahar sudida firibgarlik jinoyati sodir etgan Akromxo‘ja Nodirovning jinoiy ishi ko‘rib chiqildi. 

Dastlabki tergov harakatlariga ko‘ra, 1974-yilda Tojikiston Respublikasida tug‘ilgan A.Nodirov sodir etgan qonunbuzarligi uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Bekobod shahar sudi tomonidan 2008- va 2010- yillarda ham sudlanib, yetti yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tagan. Afsus, u bundan to‘g‘ri xulosa chiqarmay yana jinoyatga qo‘l urdi. 

O‘rgangan ko‘ngil o‘rtansa qo‘ymas, deganlaridek, A.Nodirov 2016- yil 19- noyabr kuni Angren shahrida yashovchi Feruza Aliyevaning ishonchiga kirib, unga fuqaro Viktor Grigorevga tegishli Angren shahar Ibn Sino ko‘chasi 1-uy, 46-xonadonni 1 ming 500 dollar evaziga nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qiladi. Kelishilgan puldan 2 million 526 ming so‘m pulni oladiyu va’dasini bajarmaydi. Olgan pullarni esa o‘z ehtiyojiga ishlatib, shu kunga qadar qaytarib bermaydi. 

Jabrlanuvchi F.Aliyeva aldanganini tushungach, ichki ishlar idoralariga murojaat qildi. Ayblanuvchi A.Nodirov qo‘lga olinib, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. 

– Firibgardan jabr ko‘rgan fuqarolar o‘z manfaatini ko‘zlab, amaldagi qonunlarni chetlab o‘tib ish ko‘rmoqchi bo‘ladi, – deydi Jinoyat ishlari bo‘yicha Angren shahar sudi sudyasi Ch.Chorshamiyev. – Faqat aldanganlari ma’lum bo‘lib, peshonalari devorga tekkandan keyingina sud-huquq organlariga murojaat qiladi. Soha xodimlari tomonidan joylarda muntazam o‘tkazilayotgan jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklarga qarshi kurashish bo‘yicha suhbatlar, muloqotlarda aholiga qonun hamma uchun barobar ekani, qonunga zid ish qilish mumkin emasligi tushuntirilmoqda. 

Sud majlisida sudlanuvchi, jabrlanuvchi va guvohlarning ko‘rsatmalari tinglandi. Aniqlangan, tekshirilgan va atroflicha baholangan dalillarga asoslanib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Angren shahar sudi tomonidan hukm e’lon qilindi. A.Nodirovga nisbatan qonunda belgilangan tartibda ish haqining 10 foizini davlat daromadiga ushlab qolgan holda, 7 oy 27 kun axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi. Jabrlanuvchiga yetkazilgan zarar to‘liq qoplandi. 

 

Abdulaziz Musayev, O‘zA

Поделиться