O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Surxondaryoda aholining toza ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasi 48 foizni tashkil etadi

2018-01-30 | Jamiyat

Surxondaryo viloyatida joriy yilda 170 kilometrlik ichimlik suv tarmog‘i quriladi va rekonstruksiya qilinadi. Natijada 200 mingdan ortiq aholining toza ichimlik suvi ta’minoti yaxshilanadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2017 yil 56 milliard so‘m mablag‘ evaziga 222 kilometr masofadagi ichimlik suvi tarmog‘i qurilgan. Ayni paytda viloyatda aholining toza ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasi 48 foizni tashkil etadi.

– Xalqimizda “Toza suv – tanga shifo”, degan hikmat bor, – deydi Surxondaryo viloyati davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi bosh shifokori A.Mustanov. – Ayni paytda viloyatdagi 6 ming 800 kilometrga yaqin ichimlik suvi tarmog‘idan 2 ming 400 kilometri ta’mirtalab bo‘lib qolgan. Eskirgan suv quvurlarining bosqichma-bosqich yangisiga almashtirilayotgani va ichimlik suvi bilan ta’minlanmagan aholi punktlariga suv quvurlari tortilayotgani joylarda yuqumli kasalliklar, ayniqsa, bolalar o‘rtasida virusli gepatitning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etayotir.

Viloyatdagi yirik “Xo‘jaipok” tumanlararo suv quvuri, “Qo‘rg‘on”, “G‘urin”, “Saroy” suv taqsimlash inshootlari va suv quvurlarini qurish, rekonstruksiya qilish ishlarining yakunlanishi Qiziriq, Qumqo‘rg‘on tumanlarida ichimlik suvi ta’minotini yaxshilaydi. Dasturga qo‘shimcha Qiziriq tumanidagi 3-suv taqsimlash inshootining ta’mirlanishi 30 ming aholining suv ta’minotini tubdan yaxshilash imkonini beradi.

Mustaqilligimizning 27 yillik bayrami arafasida Boysun tumanidagi shifobaxsh “Xo‘jamayxona” bulog‘i suvi Boysun tumani markaziga yetib boradi. 36 kilometr masofadan tog‘li tumanga toza ichimlik suvi olib kelish uchun 58 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan. Kelgusi yil mazkur loyihaning ikkinchi bosqichida Sariqamish, Pudina, Pulhokim, Inkobod, Omonxona, O‘rtabo‘z, Dashtig‘oz, Rabot qishloqlari markazlashgan toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadi.

Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yilida Denov, Oltinsoy, Sherobod, Muzrabot tumanlaridagi suv ta’minoti tanqis aholi punktlarida ham yirik hajmdagi bunyodkorlik ishlari amalga oshirilib, minglab xonadonlarga toza ichimlik suvi yetkazib beriladi.

 

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA

Поделиться