O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Toshkent shahri aholisi so‘nggi besh yilda besh foizga oshdi
2018-01-30 | Jamiyat
2018-yilda Toshkent shahridagi aholi soni 2 million 498 mingtaga yetishi kutilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2017-yil oxiriga kelib O‘zbekiston poytaxtida istiqomat qilayotganlar 2 million 465 ming kishiga yetgan. 2012-yilda bu ko‘rsatkich 2 million 342 mingtani tashkil etgan.
2018-yilda poytaxtda tahsil olayotgan talabalar sonining ham qisqarishi kutilmoqda. Xususan, o‘tgan yilda 109 ming nafarga yaqin talaba ro‘yxatga olingan bo‘lsa, joriy yilda ularning soni qariyb 7 mingtaga kamayadi.
Pensionerlar soni bo‘yicha keyingi besh yildagi eng yuqori ko‘rsatkich 2017- yilda qayd etilgan bo‘lib, 326 ming nafarga yetgan. Joriy yilda bu raqam 312 mingtani tashkil etishi prognoz qilinmoqda.