O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Jizzax shahar va Paxtakor tumanida “Hokim va yosh fermerlar” uchrashuvi o’tkazildi
2018-01-30 | Jamiyat
Jizzax shahar hokimligi majlislar zalida viloyat hokimi raisligida tashkil etilgan “Hokim va yosh fermerlar” uchrashuvida Baxmal, G‘allaorol, Forish, Zarbdor, Zomin, Yangiobod tumanlaridan kelgan “Yosh fermerlar” ishtirok etdi.
Uchrashuvda viloyat hokimi so‘zga chiqib, yosh fermerlarimiz uchun davlat tomonidan yaratib berilayotgan imkoniyatlar, viloyatimizda fermerchilikka qaratilayotgan e’tibor, yutuq va kamchiliklar haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Shundan so‘ng, yosh fermerlar bilan ochiq muloqotga kirishildi. Fermerlarimiz va fermerlikka qiziquvchi yoshlarimiz tomonidan berilgan savollarga mutasaddi tashkilot vakillari javob berdilar.
Uchrashuv davomida yosh fermer va fermerlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan yoshlar tomonidan 6 ta fermerlik va dehqon xo‘jaligi faoliyatini boshlash uchun yerlar ajratish, 1 ta kredit olish, 1 ta Jizzax shahrida bo‘sh turgan binoni “nol” qiymatida olishda amaliy yordam so‘rab, murojaatlar qilindi.
Kunning ikkinchi yarmida viloyat hokimi Paxtakor tumani moliya bo‘limi majlislar zalida Paxtakor, Zafarobod, Arnasoy, Mirzacho‘l, Sharof Rashidov, Do‘stlik tumanlaridan tashrif buyurgan yosh fermerlar bilan uchrashdi.
Paxtakor tumanidagi uchrashuvda 4 ta fermerlik va dehqon xo‘jaligi faoliyatini boshlash uchun yerlar ajratish, 1 ta 2017 yilgi paxta-g‘alla pulini bankdan ololmagan shu sabab pulni olish, 1 ta Mirzacho‘l tuman Xalq banki hisobida turgan chopiq traktorni kreditga olish va 1 ta “Yakkabuloq” f/x yer maydoni atrofidagi drenajlari 10 yillardan buyon yaroqsiz holga kelib qolganligi uchun amaliy yordam so‘rab murojaatlar qilindi.