O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Umid Ahmadjonov futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari bilan uchrashdi

2018-01-30 | Sport

Xabaringiz bor, futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 1-11 fevral kunlari Xitoy Taypeyida o‘tkaziladigan Osiyo chempionatida ishtirok etadi. 

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida musobaqa ishtirokchilarini kuzatish marosimi o‘tkazildi. 

Tadbirda Milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati, mamlakat futzal terma jamoasi, kuni kecha Osiyo chempionatida g‘olib bo‘lgan bir qator yosh futbolchilarimiz, hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar. 

– Mana, kuni kecha O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Xitoyda yakunlangan musobaqada chempionlikni qo‘lga kiritib, o‘zbek xalqiga bir olam quvonch bag‘ishladi. Ular muxlislarning ishonchini qaytarib berdilar. 

Ularning yo‘lini Siz futzalchilarga ham tilab qolamiz. Nima yordam kerak bo‘lsa ochiqchasiga aytinglar. Barcha sharoitni yaratib berishga tayyormiz. Chempion bo‘lib qaytinglar. Sizlarni ham xuddi yosh futbolchilarimiz singari mukofotlar kutib turibdi. Yoshlarimizning g‘alabasini xalq bayram qilmoqda. Nima yordam kerak bo‘lsa bunga tayyormiz. Ortingizda 33 millionlik o‘zbek xalqi, mamlakat Prezidenti va biz turganimizni esdan chiqarmanglar”, – dedi Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Umid Ahmadjonov. 

Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, tadbir yakunida Ravshan Haydarov Umid Ahmadjonovga ramziy ma’noda Osiyo chempionatining oltin medalini sovg‘a qildi. Olimpiya terma jamoamizning yetakchi futbolchilari Rustamjon Ashurmatov va Javohir Siddiqovlar jamoadoshlari nomidan yaratib berilgan sharoitlar uchun minnatdorchilik ramzi sifatida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevga esdalik sovg‘asini berib qo‘yishni iltimos qilib, Umid Ahmadjonovga topshirdi.  

Eslatib o‘tamiz, futzalchilarimiz qit’a chempionatining “В” guruhida Yaponiya, Tojikiston va Janubiy Koreya terma jamoalari bilan o‘zaro raqobatlashadi . 

O‘zbekiston futzal terma jamoasi turnirdagi ilk o‘yinni 1 fevral kuni Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi boshlasa, 3 fevral kuni Tojikistonga qarshi parketga chiqadi. Guruhdagi so‘nggi o‘yin esa 5 fevral kuni Yaponiyaga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Поделиться