O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Ozodlikka baxshida umr”

2018-01-30 | Jamiyat

Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining asoschisi va Birinchi Prezidenti, buyuk davlat va siyosat arbobi sifatida nomi o‘zbek davlatchiligi tarixida qoladigan shaxs. U millat va davlat ozodligi yo‘lida jur’at va jasorat ko‘rsatdi, og‘ir damlarda xalqning boshini qovushtira oldi, el-yurt ravnaqi yo‘lida kuch-g‘ayratini ayamadi, yosh davlatimizni turli xavf-xatardan saqlashda aql-idrokini namoyon etdi, jahonga tinchlik uchun kurashchi sifatida tanildi, O‘zbekistonning mustaqil tashqi siyosatini diplomatik san’at darajasiga ko‘tara oldi.

Taniqli siyosiy sharhlovchi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Ibrohim Normatovning “Vatanparvar” gazetasi hamda “O‘zbekiston armiyasi” jurnalida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan publitsistik maqolalardan iborat yangi kitobi nashrdan chiqdi.

“Muharrir” nashriyotida ming nusxada chop etilgan “Ozodlikka baxshida umr” deb nomlangan mazkur kitobdan o‘rin olgan buyuk davlat va siyosat arbobining yosh davlatimizni turli xavf-xatardan saqlashdagi jur’ati va jasorati, og‘ir damlarda yuksak aql-idrok bilan ish tutganligi o‘ziga xos uslubda yoritilgan maqolalar keng o‘quvchilar ommasiga mo‘ljallangan.

“O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Karimov tavalludining 80 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi qaror asosida nashr etilgan bu kitob barchaga manzur bo‘ladi, degan umiddamiz.

Поделиться