O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekistonda o‘tgan hafta 128 yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan
2018-01-30 | Jamiyat
Ushbu hodisalarda 129 fuqaro tan jarohati olgan. Shuningdek, hafta davomida yo‘l-patrul xizmati inspektorlari tomonidan jami 91 ming 424 ta qoidabuzarliklar aniqlangan.
Jumladan, 1 ming 817 haydovchi transport vositasini mast holda boshqargan, 14 ming 787 haydovchi belgilangan tezlik talablarini buzgan, 1 ming 236 holatda svetofor va chorrahalardan o‘tish qoidasiga amal qilinmagan.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining matbuot xizmati qoidabuzarlik sodir etgan haydovchilarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilganini ma’lum qildi.
Ulug‘bek Asrorov, O‘zA