O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Buxoro delegatsiyasi Istambulda
2018-01-29 | Turizm
Buxoro delegatsiyasining Turkiyaning Istambul shahrida o‘tayotgan Xalqaro turistik ko‘rgazmasidagi ishtiroki samarali bo‘lmoqda.
Xususan, viloyatdan ushbu tadbirda qatnashayotgan “Ark Travel” turistik kompaniyasi Turkiyaning 10 dan ortiq turistik agentliklari bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Buxoro viloyati hokimining turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.Shaxriyorov va Buxoro shahar hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha 1-o‘rinbosari B.Maxsudovlar 26-27 yanvar kunlari Bursa shahar mer o‘rinbosari Yunus Fotix, “BOSFOR” Turkiya yangiliklari gazetasi bosh redaktori Talxa Balik, “HRT Media group” kompaniyasi rahbari Ferid Shaxin, Hindiston “INDIAN HOLIDAY PVT.LTD” kompaniyasi bosh mudiri Ubaid-ur-Rexman, “OI magine” film productions kompaniyasi direktori Kursat Kizbazlar bilan uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Barcha muzokaralarda Buxoroning turistik salohiyatini Turkiya shuningdek, dunyoning boshqa davlatlarda namoyish etish, turistlar oqimini ko‘paytirish, investitsiyalar va yangi xizmat turlarini viloyatga keng jalb qilish, hamda O‘zbekistondan sayohatchilarni Turkiya va Yevropa mamlakatlariga olib chiqish masalalarida kelishuvlarga erishildi.