O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekistonda jarimalarni to‘lamaydigan daxlsizlikdan foydalanuvchi shaxslar “qora ro‘yxat”i tuziladi

2018-01-29 | Jamiyat

Tashqi ishlar vazirligi, zarur bo‘lganda, Diplomatik ma’lumotnomada va boshqa manbalarda yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalarni muntazam ravishda to‘lamaydigan daxlsizlikdan foydalanuvchi shaxslarning “qora ro‘yxat”ini e’lon qiladi.

Bu O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018 yil 26 yanvarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Oliy sudining “O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, shuningdek ularga tenglashtirilgan tashkilotlar xodimlariga nisbatan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik choralarini qo‘llash haqidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarorida o‘z aksini topdi.

Qaror ilovasida, shuningdek, sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun jarima O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda to‘lanishi qayd etilgan.

Bir yil davomida yo‘l harakati qoidalari uch marotabadan ko‘p buzilganda, huquqbuzarga biriktirilgan transport vositalarining davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami belgilari Dipxorijxizmat tomonidan TIV tegishli bo‘linmasi bilan kelishilgan holda olti oygacha bo‘lgan muddatga olib qo‘yilishi mumkin yoki tegishli diplomatik vakolatxona boshlig‘i TIVga tushuntirish ishlari uchun chaqirtiriladi.

Yo‘l harakati qoidalarini buzish holati maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnik vositalari yordamida aniqlangan holda transport vositasining egasi ma’muriy javobgarlikka tortiladi.

Поделиться