O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Endi daxlsizlikdan foydalanuvchi shaxslar YPX xodimlariga haydovchilik guvohnomasini taqdim etadi
2018-01-29 | Jamiyat
Daxlsizlikdan foydalanuvchi shaxslar YPX xodimlari bilan aloqaga kirishgan hollarda o‘z maqomidan qat’iy nazar, akkreditatsiya kartochkasi, transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasi hamda transport vositasining diplomatik vakolatxonaga tegishliligini ko‘rsatuvchi boshqa hujjatlarni YPX xodimlariga taqdim etishga majburdir.
Bu O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018 yil 26 yanvarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Oliy sudining “O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, shuningdek ularga tenglashtirilgan tashkilotlar xodimlariga nisbatan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik choralarini qo‘llash haqidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori bilan belgilandi.
Shuningdek, Yo‘riqnomaga daxlsizlikdan foydalanuvchi shaxslar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarlik uchun jarima O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda to‘lanishi to‘g‘risidagi qo‘shimcha kiritilgan.