O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
FITUR xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasining yakuniy hisoboti
2018-01-29 | Turizm
O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi shu yilning 16-20 yanvar kunlari Ispaniyaning Madrid shahrida bo‘lib o‘tgan FITUR xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasida ishtirok etdi.
O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi rahbariyati va xodimlari, Xorazm viloyatining turizm masalasi bo‘yicha o‘rinbosari, Xazorasp tumanining hokimi, Xiva va Samarqand shaharlarining hokimi va O‘zbekiston sayyohlik kompaniyalari: Travel Ornament, Culture de Monde, Dolores Travel Services, El Mundo Tour и Karavan Traveldan iborat.
Ushbu ko‘rgazma doirasida o‘zbek va xorijiy sayyohlik kompaniyalari o‘rtasida 300 dan ortiq ikki tomonlama uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi va 2018 yilda Ispaniyadan O‘zbekistonga 4000 dan ziyod sayyohlarni jo‘natish bo‘yicha kelishuvga erishildi.