O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Uy to‘ylari nishonlandi

2018-01-29 | Jamiyat

Inson manfaati har narsadan ulug‘, sha’ni oliy qadriyatdir. Shu jihatdan olganda, yurtimizda ehtiyojmand, imkoniyati cheklangan fuqarolarga mehr-muruvvat, g‘amxo‘rlik ko‘rsatilib, ularning orzu-istaklarini ro‘yobga chiqarish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanib bormoqda.

Jumladan, 2017 yilda Qarshi shahrida zamonaviy qulayliklarga ega 7 ta arzon ko‘p kvartirali uy-joy o‘z egalariga topshirildi. Shu bilan birga, viloyatning qishloq joylarida ham ko‘plab namunaviy loyihalar asosidagi 2, 4, 6 sotixli uy-joylar qad rostladi.

Qarshi shahridagi 5 nafar imkoniyati cheklangan fuqaro Prezident sovg‘asi – zamonaviy yangi uylarda Yangi yil bayramini kutib olishdi. Binobarin, yurtimizda hech kim mehr va e’tibordan chetda emasligi, ijtimoiy himoyaga muhtoj, imkoniyati cheklangan insonlarning hayotdan roziligini va ertangi kunga ishonchini mustahkamlashga alohida ahamiyat berilayotganini yanada aniq his qildilar. Viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyev xonadon egalarini yangi uy bilan qutladi.

– Yangi uy egasi bo‘lganimdan boshim osmonga yetdi, – deydi Qarshi shahridagi yangi xonadon sohibalaridan biri, II guruh nogironi Dilrabo Ahmedova. – Ancha yillar ilgari baxtsiz hodisa tufayli yurolmay qoldim. Kayfiyatim juda tushkun edi. Prezidentimizning himmatidan dilim yorishdi, ertangi kunga umid uyg‘ondi. Xastaligimni unutgandek bo‘ldim. Qalbimda yangi orzular paydo bo‘ldi. O‘zimni baxtli ayollar safida yurgandek his qildim. Qo‘lim doim duoda. Yurtimizdagi tinchligu xotirjamlik, taraqqiyotga ko‘z tegmasin.

Darhaqiqat, davlatimiz rahbarining 2016 yil 22 noyabrdagi “2017-2020 yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish Dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Qarshi shahrida 1 ming 701 xonadonli, jami qirqta ko‘p qavatli turar joy qurilishi belgilangan. Joriy yilda 315 ta xonadon egalari Yangi yil bayramini yangi uylarda qarshi olishdi. Bu kabi ezgu ishlar keyingi yillarda ham tizimli davom ettiriladi. Xususan, joriy yilda Qarshi shahrida 14 ta ana shunday arzon narxdagi ko‘p qavatli uylar quriladi. Ayni paytda Qarshi shahridagi “Jayxun” ko‘chasida 2 ta, “O‘zbekiston” ko‘chasida 5 ta uy qurilishi jadal olib borilmoqda. Oydin mahallasidagi uylarning esa poydevor ishlari boshlab yuborilgan.

Yangi yil arafasida, shuningdek Shahrisabz shahri, Kasbi, Mirishkor, Koson, Muborak, G‘uzor, Nishon, Dehqonobod, Shahrisabz, Yakkabog‘, Chiroqchi va Qamashi tumanlaridagi imkoniyati cheklangan fuqarolarga ham yangi uylar kalitlari topshirildi.

Barcha tumanlarda uy topshirish marosimi tantanali tashkil etildi.

 

Sayid MЕYLIYEV,

“O‘zbekiston bunyodkori” muxbiri.

Поделиться