O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
2018- yilda O‘zbekistonda 7,4 ming gektar maydonda intensiv bog‘ yaratiladi
2018-01-29 | Iqtisodiyot
2018- yilda O‘zbekistonda 21 ming 600 dan ziyod fermer xo‘jaligida qariyb 23 mingta loyiha amalga oshiriladi.
O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi xabariga ko‘ra, loyihalar doirasida 7,4 ming gektar maydonda intensiv bog‘, 4,3 ming gektar maydonda yangi tokzor, 844 gektar issiqxonalar barpo etiladi.
520 ta meva-sabzavot, sut va go‘sht, 785 ta non va non mahsulotlari va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, 3,9 mingta qoramolchilik va parrandachilik, 2,3 mingta baliqchilik va asalarichilik, 2,1 mingta qo‘ychilik, echkichilik, quyonchilik, 170 ta yilqichilik va kurkachilik hamda 8 mingta servis xizmati bo‘yicha loyihalar amalga oshirilishi mo‘ljallanmoqda.
2017- yilda 75 mingdan ziyod fermer xo‘jaligida zamonaviy texnologiyalar yordamida tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. Samarqand, Andijon, Farg‘ona, Toshkent va Namangan viloyatlarida mavjud fermer xo‘jaliklarining 45-50 foizdan ortig‘i ko‘p tarmoqlilikka ixtisoslashdi.