O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Kichkina qaxramon

2018-01-29 | Jamiyat

Xalqimizda azaldan, Do‘st og‘ir kunda bilinar. Do‘st do‘stni kulfatda sinar, kabi maqollar aytiladi. Shohjahonning ham shunday sodiq do‘sti bor edi. Endi esa afsus, u sodiq do‘stidan ayrildi.. Do‘sti uning uchun jonini qurbon qildi...

2018 yil 21 yanvar kuni, Olmazor tumani “Yoshlik” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi sinfdoshlar (134-maktab 5-sinf o‘quvchilari) Abdulloh va Shohjaxon har kungidek sayrga chiqqan edilar. Ikki do‘st yo‘l yo‘lakay bir - biri bilan hazillashib, quvalashib kelishar edi. Olmazor tumani Qora-Qamish 2/5 mavzesi hududidan oqib o‘tuvchi suv kanal yoniga kelganlarida Shohjaxonning bolalik sho‘xligi tutib ketdi. U ko‘prik yonidan o‘tgan suv quvuridan yugurib o‘tmoqchi bo‘ldi. Shohjaxon biroz yurdi, biroq oyog‘i sirpanib suvga tushib ketdi. Juda tez sodir bo‘lgan voqeadan o‘zini yo‘qotib qo‘ymagan jasur Abdulloh insonparvarlik, mardlik g‘ururi jo‘shib ketib, do‘stining hayotini saqlab qolish hissi paydo bo‘ldi. Abdulloh bir necha yildan buyon suzish to‘garagida shug‘ullangani qo‘l keldi. Murabbiylarining bergan tavsiyalarini eslab, zudlik bilan ustki va oyoq kiyimlarini yechib, o‘zini do‘stining ortidan suvga otdi, chaqqonlik bilan suzib borib, do‘stiga yetib oldi.

Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida chiniqqan, jismonan baquvvat Abdulloh do‘sti Shohjaxonni qirg‘oq tomonga itarib qutqarib qoldi. Lekin... O‘zi esa suvga cho‘kib ketdi...

Do‘stini qutqarishga harakat qilib, o‘zi cho‘kib ketgan Abdulloh Ro‘ziboyev Olmazor tumanidagi 134-maktabda ta’lim olgan. U sinfda a’lochi, namunali xulqi bilan boshqalardan ajralib turgan. Uning jasorati barcha yoshlarga o‘rnak namunadir. Abdulloh yaqin qarindoshlari tomonidan

24 yanvar kuni dafn qilindi. Barcha qayg‘uda qoldi. Mahalla ko‘y ota-onasiga hamdardlik bildirdilar. Uning jasorati mangu qoldi. Uning jasorati xotira kitobida qayd etiladi. Abdulloh juda yosh vafot etgan bo‘lsa-da, o‘zidan jasorat izini qoldirib, yaqinlarini tark etdi. Shunday farzandni tarbiyalagan ota-onasiga qancha ta’zim qilsak arziydi. U o‘zi ta’lim olgan maktabining faxri, shon-sharafiga aylandi.

Yurtimizda jasur, do‘stiga sodiq Abdullohdek farzandlar borligidan qancha faxrlansak arziydi.

Поделиться