O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

SSP huzuridagi Xalqaro tijorat arbitraj sudida 1 milliard 844 million dollarlik nizoli ishlar ko‘rib chiqilgan

2018-01-26 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Xalqaro tijorat arbitraj sudi faoliyat boshlagandan beri da’vo summasi 1 milliard 844 million 388 ming AQSH dollari bo‘lgan 6 ta nizoni ko‘rib chiqqan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Xalqaro tijorat arbitraj sudi raisi F.Otaxonov so‘zlariga tayanib Palata matbuot xizmati xabar tarqatdi.

F.Otaxonovning ta’kidlashicha, 188 ming 600 dollarlik bitta ish yuritishdan tugatilgan, 820 ming 43 dollarlik yana bitta ish yurituvdan to‘xtatilgan. Qolgan to‘rttasi bo‘yicha hal qiluv qarori qabul qilinib, javobgarlardan jami 808 ming 535 dollar undirilgan.

Xalqaro tijorat arbitraj sudiga kelib tushgan nizolar bo‘yicha da’vogar sifatida Belarus Respublikasi, Qozog‘iston, O‘zbekiston va javobgar sifatida O‘zbekiston, Xitoy, Daniya, Germaniya kompaniyalari ishtirok etgan.

Eslatib o‘tamiz, Xalqaro tijorat arbitraj (hakamlik) sudi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Ijroiya qo‘mitasining 2011 yil 1 fevraldagi qaroriga asosan tashkil qilingan. Sud o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida” va “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi qonunlari, reglament va nizomga muvofiq amalga oshiradi.

Поделиться