O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

2017 yilda “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” yorlig‘i bilan 140 mingta avtomobil ishlab chiqarildi

2018-01-26 | Iqtisodiyot

O‘tgan yili “Kobalt” hamda “Matiz” rusumidagi yengil avtomobillar ishlab chiqarish sur’ati 2016 yildagiga nisbatan 4,5 barobarga ortgan. Xuddi shunday ko‘rsatkich “Malibu” avtomobilini ishlab chiqarishda ham qayd etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi hisobotiga ko‘ra, 2017 yilda O‘zbekistonda 140 ming 306 dona yengil va yuk avtomashinasi hamda avtobus ishlab chiqarilgan.

Yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi 2016 yildagiga nisbatan 58,1 foizga o‘sib, 135 ming 471 donani tashkil etgan. Bunda “Jentra” rusumidagi avtomashinalar ishlab chiqarish sur’ati 2 barobar (19 ming 164 ta), “Kobalt” – 4,6 marta (18 ming 14 ta), “Matiz” – 4,4 barobar (13 ming 2 ta), “Malibu” – 4,5 marta (963 ta), “Kaptiva” – 2,1 barobarga (4 ming 540 ta) ortgan.

2017 yilda mamlakatimizda, shuningdek, 3778 dona avtobus, 1057 dona yuk avtomobili ishlab chiqarilgan.

Поделиться