O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati huzurida tashkil etilgan press-xollning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

2018-01-26 | Jamiyat

Brifing tarzida tashkil etilgan mazkur tadbirda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 25-yanvardagi "Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni hamda “Shoshilinch tibbiy yordam tizimini jadal takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati ommaviy axborot vositalari xodimlariga atroflicha tushuntirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R.Qosimov ushbu hujjatlarni sharhlab, mamlakatimizda ota-onalar, o‘qituvchilar, yoshlar, keng jamoatchilik fikrini puxta o‘rganish va tahlil etishga alohida e’tibor bilan yondashilganini ta’kidladi. Yuqorida nomi keltirilgan farmon asosida 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab majburiy umumiy o‘rta ta’lim uzluksiz 11 yillik ta’lim negizida olib boriladi. Mazkur hujjatga ko‘ra, 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab kasb-hunar kollejlariga o‘qishga qabul qilish umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 11-sinf bitiruvchilari hisobidan, ixtiyoriylik asosida, tegishli mutaxassislikka (kasbga) ega bo‘lish uchun 6 oydan 2 yilgacha bo‘lgan ta’lim muddatlarida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Ayni paytda ushbu farmon mavjud kasb-hunar kollejlari faoliyatini optimallashtirish, kadrlarga bo‘lgan real ehtiyojni, ish beruvchi korxonalar takliflari asosida iqtisodiyot soha va tarmoqlari uchun zarur mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash bo‘yicha kasb-hunar kollejlari faoliyatini muvofiqlashtirish imkonini beradi. 

Mamlakatimizda tibbiyot sohasidagi islohotlar aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, malakasi va tezkorligini oshirishdek maqsadlarni ko‘zlashi bilan ahamiyatlidir. Davlatimiz rahbarining “Shoshilinch tibbiy yordam tizimini jadal takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori tez tibbiy yordam samaradorligini ta’minlashda muhim qadam bo‘ldi. Unga ko‘ra, endilikda mulk shaklidan qat’iy nazar, tegishli vaziyatlarda tibbiyot muassasalarining barchasi bemorga malakali tibbiy yordam ko‘rsatadi. Malakali tez tibbiy yordam ko‘rsatishni rad etish qonun bo‘yicha taqiqlanadi. Qarorda, shuningdek, tibbiyotning mazkur tezkor tizimini eng zamonaviy aloqa va texnika vositalari bilan ta’minlash, birlamchi tibbiy yordam muddatini yanada qisqartirish, uning sifatini yaxshilash, bu borada ilg‘or ish uslublarini joriy etish bilan bog‘liq amaliy chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan. 

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan qabul qilingan mazkur hujjatlar aholi barcha qatlamlarining manfaatlarini ta’minlash, yurtdoshlarimizni kuchli ijtimoiy himoyalashga xizmat qiladi.

 

Nazokat Usmonova, O‘zA

Поделиться