O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ichki ishlar vazirligi yoshlarni ishga taklif etmoqda

2018-01-26 | Jamiyat

Munojatxon Temirova yoshligidan harbiy shifokor bo‘lish istagida. Harbiylar oilasida ulg‘aygani uning mazkur sohaga ishtiyoqini oshirsa, orzulari shifokorlik tomon yetaklaydi. Hozir u Toshkent pediatriya tibbiyot institutida tahsil olmoqda.

Toshkent pediatriya tibbiyot institutida tashkil etilgan tadbir Munojatxon kabi kelgusida mehnat faoliyatini ichki ishlar tizimidagi davolash-profilaktika muassasalarida davom ettirish istagidagi yoshlarni sohaga jalb etishga bag‘ishlandi. 

Tadbirda sohadagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berildi. 

Ichki ishlar vazirligi tibbiyot boshqarmalarida shifokorlar uchun barcha sharoit yaratilgan. Ichki ishlar idoralari xodimlari uy-joy bilan taminlanmoqda. Ijarada turganlarga ijara to‘lovlari, mutaxassisliklar bo‘yicha malaka oshirish to‘lovlari to‘lab berilmoqda. 

Bundan tashqari, reja asosida shifokorlarning kasb malakasini oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. 

– Ichki ishlar tizimiga ishga kirish istagida bo‘lgan yoshlar uchun maxsus talablarimiz bor, – deydi Ichki ishlar vazirligi kadrlar bosh boshqarmasi mas’ul xodimi N.Haqberdiyev. – O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan, tegishli mutaxassislik diplomiga ega yoshlar ikki bosqichdan iborat sinovdan o‘tadi. Bunda suhbat, harbiy-tibbiy ko‘rik kabi sinovlar topshiriladi. 

IIV tizimida ishlash istagidagi yoshlar uchun ma’lumot o‘rnida aytish lozimki, hozir tizimdagi huquqbuzarliklar profilaktikasi, tergov, davolash-profilaktika yo‘nalishlarida, shuningdek, patrul-post xizmati, qo‘riqlash bo‘linmalarida bo‘sh ish o‘rinlari mavjud.

 

Inobat Ahatova, O‘zA

Поделиться