O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Prezidentning parlamentga Murojaatnomasi “Rotobo” jurnali nigohida

2018-01-25 | Jamiyat

Rossiya va MDH mamlakatlari bilan savdo bo‘yicha “Rotobo” yapon assotsiatsiyasining shu nomda chop etiladigan oylik rasmiy nashri - “Rotobo” jurnali sahifasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning o‘tgan yil 22-dekabr kuni Oliy Majlis palatalariga taqdim etgan Murojaatnomasiga bag‘ishlangan material bosilib chiqdi.

Jurnalda qayd etilganidek, respublikada birinchi marotaba davlat rahbarining ijtimoiy-iqtisodiy va demokratik rivojlanishning eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan milliy parlamentga murojaat etishi tajribasi amaliyotga kiritildi. “Bugungi kunning o‘zi buni talab etmoqda, deb yozadi nashr, mazkur Murojaatnoma O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan hamohangdir”.

Xalqning manfaati hisobga olingan holda turli yo‘nalishlarda, shu jumladan, sud-huquq, iqtisodiyot, ijtimoiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda tub o‘zgarishlar hayotga tadbiq etilmoqda, deb yozadi “Rotobo”.

Nashr joriy yilga mo‘ljallangan rejalar xususida to‘xtalar ekan, ularda tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, jumladan, ishlab chiqarishga yuqori texnologiyalarni olib kelish va tadbiq etish, ilm-fanning eng yangi yutuqlarini qo‘llash uchun qulay sharoitlarni shakllantirish ustuvor vazifa etib belgilanganini jurnalxonlar e’tiboriga havola qilgan. Shu bilan birga, tadbirkorlar malakasini oshirish, yetakchi xorijiy tashkilot va kompaniyalarda ularning malaka o‘tashlari hamda o‘zaro manfaatli hamkorlik qilishlari uchun keng imkoniyatlarni yaratishning muhimligi ham ko‘rsatib o‘tilgan.

Ta’kidlanganidek, Prezidentning Murojaatnomasida davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta’minlash, iqtisodiyotni liberallashtirish, ijtimoiy sohani rivojlantirish, xavfsizlik, millatlararo hamjihatlik hamda diniy bag‘rikenglikni mustahkamlashning ustuvor vazifalari belgilab berilgan.

Shuni ham qayd etish joizki, “Rotobo” Rossiya va MDH mamlakatlari bilan savdo bo‘yicha yapon assotsiatsiyasi 1967-yili tashkil etilgan bo‘lib, u Kunchiqar mamlakatdagi kompaniyalar va MDH iqtisodiy tashkilotlari o‘rtasidagi amaliy hamkorlikning rivojlanishiga ko‘maklashadigan yagona tashkilot hisoblanadi.

Shu nomdagi “Rotobo” jurnaliga ham 1967-yili asos solingan. 50 mingdan ziyod nusxada chop etiladigan ushbu nashr 200 dan ziyod kompaniya, savdo firmalari, sanoat korxonalari, banklar, fond tizimlari hamda ishbilarmonlar uyushmalari o‘rtasida tarqatiladi.

Поделиться