O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Haftaning har juma kuni “tibbiyot” kuni sifatida belgilandi

2018-01-25 | Sog‘liqni saqlash

Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida Toshkent shahar va tuman hokimlarining yoshlar va Xotin-qizlar bo'yicha o'rinbosarlari, Moliya, Sog'liqni saqlash bosh boshqarmalarining boshliqlari, Moliya vazirligi Toshkent shahar Davlat moliyaviy nazorat boshqarmasi boshlig'i, “Mahalla” jamoat fondi, “Nuroniy” jamg'armasi shahar va tuman bo'limi raislari, Yoshlar ittifoqining shahar va tuman Kengashlari raislari, shuningdek, poytaxtda faoliyat yuritayotgan barcha oilaviy poliklinikalar bosh shifokorlari, ularning o'rinbosarlari, davolash profilaktika muassasalari rahbarlari hamda ularning o'rinbosarlari ishtirokida Toshkent shahrida – Sog'liqni saqlash tizimi faoliyatini takomillashtirish  masalasiga bag'ishlangan yig'ilish tashkil qilindi.

O'tgan 2017 yilning 5 yanvarь, 7 fevralь va 30 mart hamda 12 dekabrь kunlari Prezidentimiz tomonidan Sog'liqni saqlash sohasini isloh qilish yuzasidan o'tkazilgan selektor yig'ilishlarida, bu masalaga  yuzaki yondoshib bo'lmaydigan eng muhim vazifa etib belgilangan edi. Ammo, bugungi kunda olib borilgan ishlar tahlili joylardagi mutasaddi rahbarlar tomonidan bu masalaga panja orasidan qarab kelinayotganligini ko'rsatmoqda.   

O'tgan 2017 yil davomida tibbiyot muassasalari faoliyatini boshqarishni tashkil etishni, aholiga ko'rsatilayotgan tibbiy xizmatni va tez tibbiy yordam sifatini tubdan yaxshilash, oilaviy poliklinikalar tomonidan ko'rsatilayotgan patronaj xizmati sifatini yanada takomillashtirish, onalik va bolalikni muhofaza qilish, ayollar sog'lig'ini mustahkamlash, tizimda yuz berayotgan ta'magirlik, tovlamachilik, bemorlarga e'tiborsizlik kabi illatlarni oldini olishga qaratilgan masalalarni qator yig'ilishlarda muhokama qilib, tegishli qarorlar qabul qilinganligini alohida ta'kidlab o'tishimiz kerak. Afsuski ko'rilayotgan choralarga qaramasdan tibbiyot muassasalari bosh shifokorlari va ularning o'rinbosarlari hamda bevosita xo'jalik ishlari yuklatilgan xodimlarni masalaning dolzarbligini inobatga olgan holda uning oqibatlari nimalarga olib kelishini anglamaganlari achinarli holdir. Buni isbotini Moliya vazirligi Toshkent shahar Davlat moliyaviy nazorat boshqarmasi hamda Toshkent shahar hokimligining tashkiliy-nazorat guruhi tomonidan joriy yilning 10-12 yanvarь kunlari tibbiyot muassasalarida o'tkazilgan o'rganishlarda yaqqol namoyon bo'ldi.

Yuqorida aytib o'tilgan bu kamchiliklar sog'liqni saqlash tizimidagi muammolarning ayrimlari xolos. Agar bu yo'nalishni chuqurroq tahlil qiladigan bo'lsak, bundan ham og'irroq qonunbuzilish holatlari mavjud. Ushbu yig'ilishdan ko'zlangan asosiy maqsad, Toshkent shahrida joylashgan sog'liqni saqlash tizimidagi tub o'zgarishlarni olib kelish, bu ishga jiddiy yondoshmagan rahbarga siyosiy baho berilishi va qat'iy choralar ko'rilishi ta'kidlandi. Bunga ko'ra har oy yakuni bilan poliklinika va kasalxonalar bosh shifokorlari, ularning o'rinbosarlari hamda xodimlarini ish faoliyati haqida shahar hokimligiga axborot kiritib borilishi alohida ta'kidlandi. Tuman hokimining o'rinbosarlaridan masalaga tomoshobin bo'lib emas, jiddiy yondoshish talab etiladi.

Toshkent shahar hokimi R.J.Usmonov tomonidan, haftani har juma kunini “Tibbiyot” kuni sifatida belgilash haqida topshiriq berildi. Bugundan boshlab haftaning har juma kuni “Tibbiyot” kuni deb e'lon qilinadi.  

Tuman hokimining o'rinbosarlari haftaning juma kuni tibbiyot muassasalaridagi muammolarni o'rganish, tahlil qilish, ularni bartaraf etish, ayniqsa oilaviy poliklinikalarda fuqarolarni kutish holatlarini oldini olish kabi kamchiliklarni bartaraf etish bilan shug'ullanish kerakligi aytib o'tildi.

Yuqoridagi kamchilik va muammolarni bartaraf etish va Sog'liqni saqlash tizimi faoliyatini takomillashtirish maqsadida 25 yanvarь kuni shahar hokimining 14-F-sonli farmoyishi qabul qilindi. Unga muvofiq tizimidagi tibbiyot muassasalarini yumshoq va qattiq jihozlar bilan ta'minlashga 6 mrd. 185 mln.so'm mablag' ajratiladi.

Bundan tashqari, mahalliy byudjetdan moliyalashtiriladigan tibbiyot muassasalarida, dori-darmon vositalariga ajratiladigan mablag' o'tgan yilga nisbatan ikki barobarga oshirildi. 2017 yilda 26,5 mlrd. so'm bo'lgan bo'lsa, 2018 yilda 48,2 mlrd. so'mni tashkil etmoqda. 

Toshkent shahar hokimligi tomonidan ko'riladigan bu kabi  chora-tadbirlar yaqin kunlar ichida shahar sog'liqni saqlash tizimida jiddiy o'zgarishlar bo'lishiga olib keladi.

Поделиться