O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston futbol federatsiyasi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga aylantirildi

2018-01-25 | Sport

Poytaxtimizda O‘zbekiston futbol federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi o‘tkazildi. Unda O‘FF, viloyat futbol federatsiyalari vakillari, futbol faxriylari, murabbiylar, sport jamoatchiligi, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Konferensiyada O‘zbekiston futbol federatsiyasi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga aylantirildi. 

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi raisligiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, "O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.Ramatov saylandi. 

U.Ahmadjonov O‘FA raisining birinchi o‘rinbosari, Sh.Toshmatov o‘rinbosari etib tasdiqlandi.

 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Поделиться