O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xizmat mashinalari topshirildi

2018-01-25 | Jamiyat

Muhtaram Prezidentimizning 2017 yil 3 fevraldagi «Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini yangi bosqichga ko‘tarishda muhim huquqiy asos bo‘ldi. 

Mazkur farmon asosida mahallalar uyushmasi sifatida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha kengashlar faoliyatining tashkil etilishi mazkur soha ishini tizimli tashkil etish, ularga uslubiy ko‘maklashishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Albatta, bunday keng ko‘lamdagi ishlarni amalga oshirish shahar va tumanlar kengashlari ijro apparatlari rahbar va xodimlaridan tinimsiz mehnat, izlanish va tashabbuskorlikni talab etadi. Ushbu vazifalar samaradorligi esa ko‘p jihatdan ularga yaratilgan sharoit sifati bilan bog‘liq.

Shu maqsadda shahar va tumanlar kengashlariga Prezident sovg‘asi – “Matiz” avtomashinalari topshirildi.

Buxoro shahridagi qadimiy Poyi Kalon majmuasida o'tgan tantanali marosimda so‘zga chiqqan viloyat hokimi o‘rinbosari J.Nosirov, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha viloyat kengashi boshqaruvi raisi A.G‘ulomov va boshqalar demokratik huquqiy davlat barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotgan hozirgi davrda mazkur jarayonlarda xalqimizning boy tarixiy tajribalarini, milliy urf-odat, an’ana va qadriyatlarimizni o‘zida mujassam etgan noyob boshqaruv tizimi – mahallalarning o‘rni alohida ekanligini ta’kidlashdi.

 

Поделиться