O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida XMTning Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy katta maslahatchisi M.Profazi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2018-01-25 | Jamiyat

2018-yil 24-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri A.Xaitov Xalqaro migratsiya tashkiloti (matnda keyingi o‘rinlarda – XMT)ning Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy katta maslahatchisi M.Profazi, Xalqaro migratsiya tashkilotining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy koordinatori Deyan Keserovich va XMTning O‘zbekiston bilan aloqalar bo‘yicha xodimi S.Toshbayevlardan iborat delegatsiyani qabul qildi. Shuningdek, muzokaralarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i G.Raximova ham ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida A.Xaitov O‘zbekiston va Xalqaro migratsiya tashkiloti bilan samarador hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgani, O‘zbekiston tomonidan mutasaddi vazirlik va idoralar ushbu xalqaro tashkilotning tadbirlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib kelayotganini e’tirof etdi.Muzokaralarda O‘zbekiston tomonidan, shuningdek, Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi boshlig‘i R.Ibragimov va Agentlik Xalqaro munosabatlar boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i A.Fayziyev ishtirok etdi.

Suhbat jarayonida O‘zbekistonning XMT bilan hamkorligining joriy holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi.

O‘z navbatida, M.Profazi samimiy qabul uchun minnatdorlik izhor etib, O‘zbekiston tomoniga O‘zbekiston fuqarolarining Qozog‘iston Respublikasi hududida fojiaviy vafoti munosabati bilan o‘zining chuqur ta’ziyasini bildirdi. XMT vakili, shuningdek, mazkur tashkilot O‘zbekiston tomoni bilan aloqalarni mustahkamlash va rivojlantirishga tayyor ekanini tasdiqladi.Tomonlar, shuningdek, O‘zbekistonning XMTga a’zo bo‘lishi hamda ikkitomonlama hamkorlikni kelgusida yanada rivojlantirish yo‘llarini muhokama qildilar.

O‘zaro hamkorlik yo‘nalishlarida chet ellarga chiqayotgan mehnat migrantlarining xabardorligini oshirish masalalariga e’tibor qaratildi. Ushbu asnoda fuqarolarning xabardorlik darajasini oshirishga mo‘ljallangan hamkorlikdagi ma’lumotlarni ishlab chiqish maqsadga muvofiqligi e’tirof etildi.

Ikkitomonlama hamkorlikning yana bir muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida uzoq yillar davomida mehnat migratsiyasi bilan bog‘liq masalalarga muvaffaqiyatli tarzda yechim topib kelayotgan xorijiy davlatlarning tajribasini o‘rganish qayd etildi.

Birgalikda odam savdosiga qarshi kurashish masalasi XMT bilan o‘zaro hamkorlikning muhim yo‘nalishi sifatida belgilandi. Ushbu yo‘nalishdagi XMT dasturlarini O‘zbekiston tajribasi asosida hayotga tatbiq etish masalalariga ham e’tibor qaratildi.

Ikkitomonlama hamkorlikning muhim va istiqbolli yo‘nalishlari orasida odam savdosi jabrdiydalarini reabilitatsiya qilish va ularning bandligini ta’minlash masalalari qayd etib o‘tildi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston tomoniga birgalikda moliyalashtirish asosida hamkorlikdagi loyihani amalga oshirish masalasini ko‘rib chiqish taklif etildi.Uchrashuv doirasida mehmonlarga migratsiya va rekruting faoliyati to‘g‘risidagi qonunlar ishlab chiqilayotgani va XMTning ekspertlar va texnik darajada ushbu jarayonga ishtirokining maqsadga muvofiqligi aytib o'tildi.

Mushtarak aytganda, O‘zbekistonning Markaziy Osiyo darajasida hamda Yevropa davlatlari ishtirokida ham XMTning dasturlarida ishtirok etishga tayyor ekanligi ta’kidlandi.

Поделиться