O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ayni vaqtda “Madaniyat to‘g‘risida”gi hamda “Teatr va teatr faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlar loyihalari ishlab chiqilmoqda

2018-01-25 | Jamiyat

O‘tgan yil O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi a’zolari partiya saylovoldi platformasida belgilangan vazifalarning ijrosiga qaratilgan 20 ta qonun loyihasini ishlab chiqishda tashabbuskorlik ko‘rsatdi. Shuningdek, davlatimiz rahbarining 12-iyul kuni Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar hamda O‘zbekiston Ekologik harakati vakillari bilan bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishidagi ma’ruzasida belgilab berilgan vazifalar ijrosi doirasida 3 ta qonun loyihasi ishlab chiqilib, uning 2 tasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinishiga erishildi.

Partiyasi fraksiyasi rahbari Sarvar Otamurodovning ta’kidlashicha, partiya va uning fraksiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyati ustidan samarali parlament va deputatlik nazorati o‘rnatilgani ham muhim ahamiyat kasb etdi. Har ikki idora bilan hamkorlik memorandumi imzolanib, chora-tadbirlar rejalari tasdiqlandi. Ayni vaqtda fraksiya tomonidan madaniyat sohasiga oid 2 ta – “Madaniyat to‘g‘risida”gi hamda “Teatr va teatr faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlar loyihalari ishlab chiqilmoqda. “Turizm to‘g‘risida”gi qonun loyihasini takomillashtirish yuzasidan ham faol ish olib borilmoqda.


Bu haqda O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun tashkil etilgan matbuot anjumanida aytib o‘tildi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasidan kelib chiqib, partiya fraksiyasi tomonidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasi bo‘yicha 2018-yilda ham parlament nazorati institutidan yanada samarali foydalanish ko‘zda tutilmoqda. Shunga asosan, joriy yilda madaniyat vazirining “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining ijrosi yuzasidan hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgustdagi “2018-2019-yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining ijrosi bo‘yicha axborotlarini eshitish nazarda tutilgan.

 

Nurillo Nasriyev, O‘zA

Поделиться