O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Muvofiqlashtiruvchi kengash – ta’lim rivojida muhim ahamiyat kasb etadi

2018-01-25 | Jamiyat

Guliston davlat universiteti qoshida maktabgacha ta’lim, maktab, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim muassasalari hamkorligini yaxshilash hamda malakali kadrlar tayyorlash, ularga o‘quv-metodik yordam berish maqsadida Muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etildi.

Kengashning birinchi yig‘ilishida Sirdaryo viloyati hokimi, Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi G‘.Mirzayev kengashning maqsad va vazifalari xususida so‘z yuritdi. 

– Muvofiqlashtiruvchi kengash yig‘ilishida viloyatimiz hokimi universitetimizning 6 fakultetidan eng iqtidorli 12 nafar talabaga har oyda 500 ming so‘mdan Sirdaryo viloyati hokimi stipendiyasini, har bir fakultetdan bilimli, salohiyatli, qator yutuqlarga erishgan, xorijiy OAVlarda maqola chop ettirgan va grant-loyihasi mavjud o‘qituvchilar uchun har oyda 1 million so‘m qo‘shimcha “Hokimlik maoshi” berilishini e’lon qildi, – deydi Guliston davlat universitetining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori R.Mahmudov. – Bundan tashqari, har haftaning payshanbasi universitet oshxonasida “baliq kuni” joriy etilishi, 4 ming 446 nafar talabaning har hafta bir kunlik tushligi bepul bo‘lishi ta’kidlandi. 

Maktabgacha ta’lim, umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha eng yaxshi faoliyat ko‘rsatgan ta’lim muassasalari uchun yil yakuniga ko‘ra, Muvofiqlashtiruvchi kengash tavsiyasiga asosan 3 nominatsiya bo‘yicha mukofotlar joriy qilindi. 1-o‘rinni egallagan ta’lim muassasasiga komputer jamlanmasi, 2-o‘ringa noutbuk va planshet, 3-o‘ringa televizor mukofoti beriladigan bo‘ldi. 

Eng muhimi, Muvofiqlashtiruvchi kengash tuzilgani Guliston davlat universiteti va viloyatdagi barcha ta’lim muassasalari hamkorlikda ishlashi hamda ta’lim tizimidagi muammolarni birgalikda bartaraf etishi uchun imkoniyat yaratadi. Viloyat hokimligi bu boradagi barcha ishlarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. 

Tadbirda Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2018-yilgi ish rejasi tasdiqlandi.

 

Abdujalol Qayumov, O‘zA

Поделиться